2023 yil yanvar-sentyabr oylarida Jizzax viloyatida xizmatlar hajmi 7 072,1 mlrd. so‘mni tashkil etgan va 2022 yilning yanvar-sentyabr oylariga nisbatan 7,7%ga oshgan.
2023 yil yanvar-sentyabr oylarida viloyatning yalpi hududiy mahsuloti tarkibida xizmatlar sohasining ulushi 29,7%ni tashkil etgan.
2023 yil yanvar-sentyabr oylarida xizmatlar sohasi tarkibida eng katta ulush savdo (28,3%), moliyaviy (27,5%) va transport (14,3%) xizmatlariga to‘g‘ri kelgan. Keyingi o‘rinlarni aloqa va axborotlashtirish xizmatlari (5,0%), ta’lim (4,4%) hamda yashash va ovqatlanish xizmatlari (3,3%) egallagan.
Tahlillar shuni ko‘rsatmoqdaki, 2022 yilning shu davriga nisbatan 2023 yil yanvar-sentyabr oylarida deyarli barcha xizmat turlarining dinamikasida o‘sish sur’atlari kuzatildi. Boshqa xizmatlar 35,6%, aloqa va axborotlashtirish xizmatlari 19,3%, moliyaviy xizmatlar 10,7%, ta’lim 10,3%, savdo xizmatlari 5,5%, me’morchilik, muhandislik tadqiqotlari, texnik sinov va tahlillar bo‘yicha xizmatlar 5,1%, yashash va ovqatlanish xizmatlari 4,4%, sog‘liqni saqlash 3,8%, transport xizmatlari 3,6%, kompyuterlar, uy jihozlari, shaxsiy buyumlarni ta’mirlash xizmatlari 3,4%, shaxsiy xizmatlar (sartarosh va go‘zallik saloni xizmatlari) 2,2%, ko‘chmas mulk bilan bog‘liq xizmatlar 2,1%ga oshgan bo‘lsa, ijara xizmatlari 25,8%ga pasaygan.
2023 yilning yanvar-sentyabr oylarida ko‘rsatilgan xizmatlar hajmining 42,2% Jizzax shahri hissasiga to‘g‘ri kelgan. Hududda ko‘rsatilgan xizmatlar umumiy hajmidagi eng katta ulushlar bo‘yicha keyingi o‘rinlar Sh.Rashidov (13,4%), G‘allaorol (8,2%) va Zomin (8,0%) tumanlari hissasiga to‘g‘ri kelgan.
Shu bilan birga, hududda ko‘rsatilgan xizmatlar umumiy hajmida Yangiobod (0,7%), Arnasoy (1,6%) va Zafarobod (1,7%) tumanlarining o‘rni juda kam.
2023 yilning yanvar-sentyabr oylarida xizmatlar sohasida eng yuqori o‘sish sur’atlari Paxtakor (122,0%), Jizzax shahri (110%) va G‘allaorol (107,8%) tumanlarida kuzatilgan.
Elyor Pulatov,
Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi, Jizzax filiali bosh ilmiy xodimi.
Izoh qoldirish