2024 yilga qadar “O‘zkimyosanoat” AJ korxonalarida avtomatlashtirilgan tizimi joriy qilinadi

2024 yilga qadar “O‘zkimyosanoat” AJ korxonalarida avtomatlashtirilgan tizimi joriy qilinadi

“Kimyo sanoati korxonalarini yanada isloh qilish va moliyaviy sog‘lomlashtirish, yuqori qo‘shilgan qiymatli kimyoviy mahsulotlar ishlab chiqarishni rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Prezident qarori (PQ–4992-son, 13.02.2021 y.) qabul qilindi.

Qarorga ko‘ra, kimyo sanoatini transformatsiya qilishning uzoq muddatli asosiy muhim yo‘nalishlari belgilandi.

2021 yildan yangi ishlab chiqarish quvvatlarini yaratishda asosan xususiy, shu jumladan xorijiy investorlar va texnologik sheriklarni jalb qilishni nazarda tutuvchi “Kimyo va gaz-kimyo sanoatida texnologik klasterlarni yaratish bo‘yicha ochiq hamkorlik dasturi” joriy etildi.

Qaror bilan quyidagilar tasdiqlandi:

- O‘zbekistonning 2021–2023 yillarga mo‘ljallangan investitsiya dasturiga kiritilgan va amalga oshirish muddatlari jadallashtiriladigan investitsiya loyihalarining ro‘yxati;

- umumiy qiymati 1 176 mln AQSh dollarga teng, shundan 700 mln AQSh dollari to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiyalar va kreditlar hisobidan moliyalashtiriladigan 2021–2025 yillarda kimyo korxonalarida ishlab chiqarishni diversifikatsiya qilish, mavjud xomashyo bazasidan samarali foydalanish orqali yuqori qo‘shimcha qiymatga ega bo‘lgan kimyoviy mahsulotlarning yangi turlarini ishlab chiqarishni tashkil etishga qaratilgan 16 ta yangi investitsiya loyihalari ro‘yxati.

Qarorga ko‘ra, mahalliy xomashyo resurslarini chuqur qayta ishlash va tarmoqlararo kooperatsiyani tashkillashtirish, eksportbop va import o‘rnini bosuvchi mahsulotlar ishlab chiqarishni nazarda tutuvchi xususiy va xorijiy investorlar ishtirokida amalga oshiriladigan loyihalarga ustuvorlik beriladi.

Shuningdek, 2024 yilga qadar “O‘zkimyosanoat” AJ korxonalarida ishlab chiqarish va boshqaruv jarayonlarini, moliyaviy, xo‘jalik va tashkiliy faoliyatni boshqarish va monitoring qilish, ishlab chiqarilgan tovarlarni sotish, yetkazib berish va ulardan foydalanishni nazorat qilishning avtomatlashtirilgan tizimi joriy qilinadi.

Maqolani ulashing

O'xshash yangiliklar