23 martdan boshlab O‘zbekistonda to‘y va boshqa ommaviy tadbirlarni o‘tkazish ta’qiqlanadi

23 martdan boshlab O‘zbekistonda to‘y va boshqa ommaviy tadbirlarni o‘tkazish ta’qiqlanadi

Koronavirusning kirib kelishi va tarqalishini oldini olish yuzasidan chora-tadbirlar dasturini tayyorlash bo‘yicha respublika maxsus komissiyasining navbatdagi majlisi qaroriga muvofiq, barcha hududlarda 21 martdan boshlab, bir qator ob’yektlar va xizmatlar faoliyati to‘xtatilmoqda.

Xususan:

  • ko‘ngil ochar ob’yektlar (shu jumladan, tungi klublar, diskoteka);
  • spa va massaj salonlar;
  • choyxona va oshxonalar (uyga eltib berish xizmati bundan mustasno);
  • karaoke, bilyard zallari, chilim (kalyan) markazlari;
  • kompyuter o‘yinlari xizmatini ko‘rsatuvchi tadbirkorlik faoliyati turlari.

Shuningdek, 23 martdan boshlab, to‘y-hashamlar, oilaviy tantanalar, ma’raka va marosim singari ommaviy tadbirlar o‘tkazilishi bekor qilinadi. Ushbu marosimlarni zarur bo‘lgan taqdirdagina ixcham holda, yaqinlari bilan birga 10-15 kishi ishtirokida o‘tkazish tavsiya etiladi.

Maqolani ulashing

O'xshash yangiliklar