Haftalik kotirovkalar: bir kilogramm oltin sotildi

Haftalik kotirovkalar: bir kilogramm oltin sotildi

2019 yil 11 - 17 noyabr kunlari "O‘zRTXB" AJ da o‘tkazilgan birja savdo natijalariga ko‘ra birja bozorining turli tovar segmentlarida narxlar dinamikasi turli yo‘nalishlar bo‘yicha shakllanib bordi.

Ko‘rib chiqilayotgan davr mobaynida 3572,7 tonna AI-91 rusumli benzin birja savdolariga qo‘yildi, va shundan 3090,6 tonnasi sotildi. So‘nggi savdo haftasida AI-91 rusumli benzini bo‘yicha shakllangan birja kotirovkasi avvalgi haftaga nisbatan 0,2% ga pasaydi va bir tonnasi uchun 6223,9 ming so‘mni tashkil etdi.

Oltinning narxi kichik pasayishni ko‘rsatmoqda, so‘nggi savdo haftasida shakllangan birja kotirovkasi 1,5% ga pasayib, 1 gr oltin uchun 446,5 ming so‘mni tashkil etdi. Haftalik savdo natijalariga ko‘ra O‘zRTXB da 446,5 mln so‘mlik 1000 gr Au-1 markali oltin sotilgan. Sotuvchi sifatida “Olmaliq KMK” AJ savdoda qatnashdi.

O‘tgan haftada suyultirilgan gaz ishlab chiqaruvchilari birja savdolari orqali 13,2 mlrd so‘mlik 4568,0 tonna suyultirilgan gaz sotishdi. Gazning birjada shakllangan narxi oldingi haftaga nisbatan 11,7% ga ko‘tarilib, bir tonna uchun 2900,5 ming so‘mni tashkil etdi.

Qora metall bozorida talab o‘sib bormoqda. Xususan, ST 12-35 GS armaturaning narxi 1,5% ga o‘sib, bir tonnasi uchun 5693,7 ming so‘mni tashkil etdi. Birja orqali sotilgan barcha turdagi qora metallning hajmi jami 7,3 ming tonnani tashkil qilgan.

Sement bozori ham kichik o‘sishni ko‘rsatmoqda. PS M-400 D-20 sement bo‘yicha narxlar avvalgi haftaga nisbatan 3,8% ga ko‘tarilib, 556,5 ming so‘mni tashkil qildi. Faol sotilayotgan boshqa markali sementlarning narxlar diapazoni 460,0-750,0 ming so‘mni tashkil etmoqda.

Birjada paxta tolasi uchun yuqori darajadagi talab saqlanmoqda. O‘tgan hafta 1 nav 4 tip (oddiy klass)dagi paxta tolasi bo‘yicha narxlar 1,4% ga o‘sib, bir tonna uchun 14,9 mln so‘mni tashkil etdi. Paxta tolasini boshqa navlarining narxlari o‘rtacha 7,3 mln so‘mdan 13,0 mln so‘mgacha bo‘ldi.

Plyonka ishlab chiqarishda foydalaniladigan F-0120 polietilenning bir tonna uchun narxi 11,8 mln so‘mni tashkil etib, 0,9% ga pasaydi. O‘tgan haftada jami 1,8 ming tonna polietilen sotilgan.

O‘tgan haftada karbamidning narxi pasaygani kuzatildi, bir tonnasini narxi 0,6% ga pasayib 1777,8 ming so‘mni tashkil etdi. Umuman olganda, hafta davomida birja savdolari orqali 30,4 ming tonna atrofida mineral o‘g‘itlar sotildi.

Maqolani ulashing

O'xshash yangiliklar