Amazon o‘zbekistonlik sotuvchilarga o‘z mahsulotlarini ro‘yxatdan o‘tkazishga ruxsat berdi

Amazon o‘zbekistonlik sotuvchilarga o‘z mahsulotlarini ro‘yxatdan o‘tkazishga ruxsat berdi

Amazon (Amazon.com, Inc.) — bu dunyodagi eng yirik elektron tijorat va umumiy bulutli hisoblash platformasiga ega bo‘lgan daromad hamda bozor kapitallashuvi bo‘yicha Amerika kompaniyasi hisoblanadi. Bosh qarorgohi Siyetlda joylashgan. Jeff Bezos tomonidan 1994 yil 5 iyulda tashkil etilgan.

Kompaniya O‘zbekistonni eng yirik elektron tijorat platformalaridan biri Amazon`da savdo qilishi mumkin bo‘lgan mamlakatlar ro‘yxatiga kiritdi.

Amazon`da savdo qilish imkoniyati Markaziy Osiyoning boshqa mamlakatlari — Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston va Turkmaniston uchun ham ochildi.
"Do‘stlar, sizlar bilan qiziqarli yangilikni bo‘lishmoqchiman! O‘tgan yili noyabr oyida boshlangan Amazon bilan muzokaralarni yakunladik. Endi, 20 maydan boshlab mamlakatimiz dunyodagi eng yirik elektron tijorat platformalaridan birida savdo qilish uchun "ruxsatnomalar" ro‘yxatiga kirdi", - deb yozadi Baxtiyor Sultonov o‘zining Facebook`dagi sahifasida."
Shuningdek, u Markaziy Osiyodagi qo‘shnilar uchun "ruxsat olish" yaxshi bonus ekanligini ta’kidladi.
"Biz o‘z biznesimizni, ayniqsa, kichik va o‘rta biznes sub’yektlarini, nafaqat ishlab chiqarishda, balki kelajakda ham "United CENTER ASIA" brendi sifatida boshqaramiz", - deydi Qozog‘iston Respublikasi Savdo vaziri.
Amazon platformasida sotishni boshlash uchun o‘zbekistonlik tadbirkorlar ro‘yxatdan o‘tishlari, o‘z shaxsiy kabinetlarini o‘rnatishlari, tasdiqlovchi hujjatlarni qo‘shishlari, bank hisob-raqami va xalqaro to‘lov kartalarini ochishlari kerak.

Eng muhim jihatlaridan biri: Amazon phone support xizmati ham foydalanish mumkin. Ma’lumot o‘rnida aytadigan bo‘lsak, shu chog‘gacha Amerika va Yevropa bozorlariga yo‘l ochadigan bu «maydon»ga sotuvchi sifatida kirishga mamlakatimiz tadbirkorlarida imkon yo‘q edi.

Ro‘yxatdan o‘tish uchun::

  • Telefon raqam va xalqaro kredit karta;
  • Akkaunt yaratish;
  • sotuvchining profili;
  • to‘lov va biznes;
  • sotuvlar rejasi.

Bundan tashqari, "Ma’lumotlar va siyosat" bo‘limini yangilash, jumladan do‘kon, maxfiylik siyosati, ta’riflar va yetkazib berish bo‘yicha cheklovlar, hamda mahsulot/kategoriyaga tegishli boshqa ma’lumotlarni o‘zgartirish kerak bo‘ladi.

Maqolani ulashing

O'xshash yangiliklar