Andijon shahar Xalq ta’limi bo‘limi 33,8 mlrd.so‘m byudjet mablag‘larini o‘zlashtirgan

Andijon shahar Xalq ta’limi bo‘limi 33,8 mlrd.so‘m byudjet mablag‘larini o‘zlashtirgan

Davlat moliyaviy nazorati departamenti tomonidan Andijon shahar Xalq ta’limi bo‘limida 33,8 mlrd.so‘m byudjet mablag‘larini o‘zlashtirish holatlari aniqlandi. Bu haqda Moliya vazirligi axborot xizmati ma’lum qildi.

Departament tomonidan 2020 yilning noyabr oyida byudjet mablag‘larini maqsadli sarflanishi yuzasidan o‘tkazilgan kameral nazorat natijasida Andijon shahar Xalq ta’limi bo‘limi tomonidan ish haqi to‘lovlari bo‘yicha shubhali xarajatlar amalga oshirilganligi aniqlangan.

Ushbu aniqlangan shubhali xarajatlar yuzasidan Xalq ta’limi bo‘limining 2018 yil 1 noyabrdan 2020 yil 1 noyabrgacha bo‘lgan davri birlamchi hujjatlar asosida taftishdan o‘tkazilganda, xodimlarga hisoblangan ish haqiga nisbatan 33,8 mlrd.so‘m naqd pullar Xalq ta’limi bo‘limining mas’ul xodimlari tomonidan bankdan ortiqcha olinib, markazlashgan buxgalteriya kassasiga kirim qilinmasdan o‘zlashtirib yuborilganligi aniqlandi.

Ushbu o‘zlashtirilgan mablag‘lar 2018 yilda 1,0 mlrd. so‘mni, 2019 yilda 12,6 mlrd. so‘mni va 2020 yilning o‘tgan davrida 20,2 mlrd.s o‘mni tashkil etgan.

“O‘tkazilgan taftish yakuni bo‘yicha to‘plangan hujjatlar huquqiy baho berish uchun Bosh prokuraturaga yuborildi”, deyiladi xabarda.

Maqolani ulashing

O'xshash yangiliklar