Andijon viloyatining 2023 yil yanvar-sentyabr oylari bo‘yicha tashqi iqtisodiy faoliyati ko‘rsatkichlari tahlili

Andijon viloyatining 2023 yil yanvar-sentyabr oylari bo‘yicha tashqi iqtisodiy faoliyati ko‘rsatkichlari tahlili

Tahlil natijalariga ko‘ra, 2023 yilning dastlabki 9 oyligida Andijon viloyatining tashqi savdo aylanmasi hajmi $3 617 mln.ni tashkil etgan. Xususan, eksport $870 mln. (tovarlar - $861 mln., xizmatlar - $9 mln.) va import $2 747 mln. (tovarlar - $2 681 mln., xizmatlar - $65 mln.) ni tashkil qilib, respublikada tashqi savdo aylanmasi ulushi bo‘yicha Toshkent shahri ($17 198 mln.) va Toshkent viloyati ($4 207 mln.) dan keyin 3-o‘rinni egalladi. Tashqi savdo aylanmasi xajmi o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 13,9% (eksport – 0,5%, import – 18,9%)ga o‘sganinini ko‘rsatadi.

Hozirgi kunda, Andijon viloyati jaxonning 80 ta mamlakati bilan savdo aloqalarini amalga oshirmoqda. Tashqi iqtisodiy faoliyat bo‘yicha 20 ta yirik hamkor davlatlar orasidan 3 ta davlatda ijobiy tashqi savdo balansi kuzatilgan bo‘lib, Qozog‘iston (TSA-$403 mln.), Qirg‘iziston (TSA-$180 mln.) va Tojikiston (TSA-$19 mln.) davlatlari shular jumlasidandir. Qolgan 17 ta davlat bilan manfiy tashqi savdo balansi saqlanib qolmoqda. *(TSA – tashqi savdo aylanmasi)

2023 yilda yanvar-sentyabr oylarida viloyatning MDH davlatlari bilan tovar va xizmatlar aylanmasi $895 mln.ni va dunyoning boshqa davlatlari bilan $2 722 mln.ni tashkil qilgan. Mamlakatlar kesimida qaralganda, Andijon viloyatining asosiy eksport ulushi Qozog‘iston ($397 mln.), Rossiya ($165 mln.), Qirg‘iziston ($150 mln.) va Xitoy ($52 mln.) davlatlari xissasiga, import ulushi esa Janubiy Koreya ($1 031 mln.), Xitoy ($893 mln.), Braziliya ($175 mln.) va Meksika ($147 mln.) davlatlari hissasiga to‘g‘ri kelgan.

Viloyatdagi shahar va tumanlar kesimida tashqi savdo aylanmasi dinamikasi tahlil qilinganda, Asaka tumani ($2 368 mln.), Andijon shahri ($513 mln.) va Xo‘jaobod tumani ($112 mln.) yuqori ulush bilan oldingi o‘rinlarni egallagan.

Xususan, viloyatda jami eksportyorlar soni 389 tani tashkil qilib, mahsulot eksportida, Asaka tumani($430 mln.), Andijon shahri ($81 mln.) va Xo‘jaobod ($66 mln.) yaxshi natijalarni ko‘rsatgan bo‘lsa Asaka tumani ($1 938 mln.), Andijon shahri ($433 mln.) va Buloqboshi tumani ($125 mln.) yuqori import ko‘rsatgichlarni qayd etgan.

Viloyatning asosiy eksport maxsulotlari tarkibini mashinalar va transport asbob uskunalari (44,9%), turli xil tayyor buyumlar (25,9%) va sanoat tovarlari (21,8%) tashkil etgan. Asosiy import maxsulotlari tarkibini esa mashinalar va transport asbob uskunalari (65,5%), sanoat tovarlari (18,2%) va kimyoviy vositalar va shunga o‘xshash mahsulotlar (8,0%) tashkil qilgan.

Baxodir Xolmirzayev

Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi

Maqolani ulashing

O'xshash yangiliklar