Joriy davrda 18 171,4 mlrd. so‘m asosiy kapitalga investitsiyalar o‘zlashtirilib, o‘sish sur’ati 2022 yilning mos davriga nisbatan 18,1%ni tashkil etdi. Markazlashgan moliyalashtirish manbalari hisobidan 2 393,7 mlrd. so‘m yoki jami investitsiyalar hajmining 13,2% o‘zlashtirildi. Mos ravishda, markazlashmagan moliyalashtirish manbalari hisobidan 15 777,7 mlrd. so‘m yoki jami investitsiyalar hajmining 86,8% o‘zlashtirildi.
2023 yilning yakunlarida korxona va tashkilotlarning o‘z mablag‘lari hisobidan moliyalashtirilgan asosiy kapitalga investitsiyalar 2 782,8 mlrd. so‘m, aholi mablag‘lari hisobidan jami 1 904,7 mlrd. so‘m, to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiyalar hisobidan o‘zlashtirilgan investitsiyalar hajmi 7 501,3 mlrd. so‘mni tashkil etdi. Shuningdek, tijorat banklari kreditlari va boshqa qarz mablag‘lari hisobidan 386,0 mlrd. so‘m, davlat kafolati ostidagi xorijiy kreditlar 555,4 mlrd. so‘m, davlat byudjeti 1 631,0 mlrd. so‘m, Suv ta’minoti va kanalizatsiya tizimlarini rivojlantirish jamg‘armasi tomonidan 207,3 mlrd. so‘m miqdorida asosiy kapitalga investitsiyalar o‘zlashtirildi.
2023 yilda iqtisodiy faoliyat turlari bo‘yicha asosiy kapitalga investitsiyalar tarkibida eng katta ulush ishlab chiqarish sanoati (59,1%), turar joy qurilishiga (8,5%) va elektr va gaz bilan ta’minlashga (6,0%), eng kam ulush esa sog‘liqni saqlash (1,7%), tog‘-kon sanoati (1,5%) va axborot va aloqa sanoatiga (0,5%) investitsiyalar kiritilgan.
Shaharlar va tumanlar kesimida asosiy kapitalga investitsiyalarning eng katta hajmi Buloqboshi tumanida 6 145,5 mlrd. so‘mni, asosiy kapitalga investitsiyalarning eng kichik hajmi esa Xonobod shahrida 203,8 mlrd. so‘mni tashkil etadi. Bundan tashqari, kiritilgan investitsiyalar hajmining yuqori o‘sishi Buloqboshi (240,9%), Jalaquduq (35,2%) va Baliqchi (18,0%), tumanlarida kuzatilgan bo‘lsa, ushbu ko‘rsatkich Asaka tumani (47,2%) va Xonobod shahrida (38,8%) pasaygan.
2023 yil yanvar-dekabr oylarida umumiy maydoni 1 129,0 ming kv.m bo‘lgan yangi turar-joylar ishga tushirildi, shundan 732,7 ming kv.m bo‘lgan turar joylar qishloq joylaridagi joylar hisoblanadi. Bundan tashqari 15,5 km gaz va 1 007,3 km suv tarmoqlari ishga tushirildi.
Izoh qoldirish