Dastlabki ma’lumotlarga bo‘yicha 2023 yilning yanvar-mart oylarida viloyat korxonalari tomonidan 10 402 mlrd. so‘mlik sanoat mahsulotlari ishlab chiqarilgan bo‘lib, 2022 yilning mos davriga nisbatan sanoat ishlab chiqarishining fizik hajm indeksi 98,4% ni tashkil etdi.
Sanoat ishlab chiqarishi tarkibida eng katta ulush ishlab chiqaradigan sanoat hissasiga to‘g‘ri kelib, uning jami sanoat ishlab chiqarishidagi ulushi 98,4 %ni tashkil etdi. Shuningdek, tog‘-kon sanoati ulushi - 0,7%, elektr ta’minoti, gaz, bug‘ yetkazib berish va sun’iy iqlim hosil qilish ulushi – 0,6%, suv ta’minoti, oqava suv, chiqindilarni yig‘ish va utilizatsiya qilish ulushi – 0,3%ni tashkil etilgani qayd etildi.
Ishlab chiqaradigan sanoat tarkibida avtotransport vositalari, treylerlar va yarim pritseplar ishlab chiqarish (51.1%), to‘qimachilik mahsulotlari ishlab chiqarish (19,6%), kiyim ishlab chiqarish (13,7%) va oziq-ovqat mahsulotlari ishlab chiqarish (6,4%) yo‘nalishlari eng yuqori ulushga ega.
Jami sanoat ishlab chiqarishi fizik hajmi pasayishining asosiy omili bo‘lib, ishlab chiqaradigan (qayta ishlash) sanoatida 0,8% ga, va elektr, gaz, bug‘ bilan ta’minlash va havoni konditsiyalashda 22,2% ga kamayish hisoblanadi.
Shu bilan birga, tog‘-kon sanoati va ochiq konlarni ishlash sanoatida 18,2% ga hamda suv bilan ta’minlash, kanalizatsiya tizimi, chiqindilarni yig‘ish va utilizatsiya qilishda 11% ga o‘sish kuzatildi.
Viloyat YaHM tarkibidagi sanoat ulushi 26,7% ni tashkil etib, 2022 yil hisobot davriga nisbatan 1,3 punktga pasaygan.
Hududlar kesimida viloyat sanoat ishlab chiqarish hajmi tarkibida eng ko‘p ulush Asaka tumanida (viloyat sanoat ishlab chiqarish hajmining 43 % ni) hamda Andijon shahri (16,3%), Xonobod shahri (6,0%), Baliqchi (5,5%), Qo‘rg‘ontepa (5,0%), Shaxrixon (4,7%) va Xo‘jaobod (4,6%) tumanlari hissasiga to‘g‘ri kelmoqda.
Eng past ko‘rsatkich esa Bo‘ston (1,0%), Izbosgan (1.1%), Buloqboshi (1,2%), hamda Ulug‘nor (1,3%) tumanlariga to‘g‘ri kelgan.
Sanoat ishlab chiqarishining fizik hajmning eng yuqori o‘sish sur’atlari Andijon (116,8%), Shahrixon (111,4%), Jalaquduq (107,3%) va Qo‘rg‘ontepa (104,9) tumanlarida qayd etilgan bo‘lsa, Asaka (76,3%), Paxtaobod (80,6%) tumanlari, Andijon shahrida (97,7%), Baliqchi (98,4%), Izbosgan (98,6%), Ulug‘nor (97,6%) tumanlarida ishlab chiqarilgan mahsulot hajmi pasaygani kuzatildi.
Aholi jon boshiga sanoat mahsulotlari ishlab chiqarishning taqsimlanishi viloyat bo‘yicha o‘rtacha 3 123,4 ming so‘mni, hududlar kesimida esa yirik sanoat korxonalari joylashganligi hisobiga Xonobod shahar (13 748,6 ming so‘m), Asaka (12 854 ming so‘m) tumani va Xo‘jaobod shahrida (4 057,5 ming so‘m) o‘rtacha viloyat darajasi ko‘rsatkichidan yuqoriligini ko‘rsatmoqda.
2023 yilning yanvar-mart oylarida viloyatda 240 ta yangi sanoat korxonalari tashkil etilib, bugungi kunda viloyatda 6605 dona sanoat korxonalari faoliyat ko‘rsatmoqda.
Iste’mol mahsulotlari ishlab chiqarish hajmi 6 595,4 mlrd. so‘mni yoki 2022 yilning mos davriga nisbatan 85,7% ni, va uning jami sanoatdagi ulushi 63,4% ni tashkil etdi.
Hududlar kesimida iste’mol mahsulotlari ishlab chiqarilishining viloyat jami hajmidagi eng yuqori ulushi Asaka tumanida to‘g‘ri kelib, 63,9% ni, shuningdek, Xo‘jaobod tumanida 6,6% ni, Andijon shahariga 5,5% ni, Qo‘rg‘ontepa tumani 3,7% ni, hamda Shahrixon tumanida 2,9% ni tashkil etdi.
Iste’mol mahsulotlari ishlab chiqarilishining o‘sish sur’ati viloyat bo‘yicha 14,3% ga kamaygan bo‘lib, hududlar kesimida yuqori darajada o‘sish ko‘rsatkichi Izbosgan (147,3%), Andijon (146%), Buloqboshi (142,4%) tumanlarida va Xonabod shaxrida (141,6%) qayd etildi.
Viloyat bo‘yicha aholi jon boshiga iste’mol mahsulotlari ishlab chiqarilishi o‘rtacha 1 980,3 ming so‘mni, jumladan, Asaka tumanida 12 098,3 ming so‘mni, Xo‘jaobod tumanida 3 703,3 ming so‘mni, va Qo‘rg‘ontepa tumanida 3012,6 ming so‘mni tashkil etgan.
Izoh qoldirish