Tahlil natijalariga ko‘ra, 2022 yilning yanvar-sentyabr oylari mobaynida Andijon viloyatining tashqi savdo aylanmasi hajmi $3171,8 mln.ni shundan, eksport $863,4 mln. (tovarlar - $855 mln. , xizmatlar - $8,8 mln.) va import $2308,4 mln. (tovarlar - $2143 mln. , xizmatlar - $166 mln.) ni tashkil qilib, respublikada tashqi savdo aylanmasi ulushi bo‘yicha Toshkent shahri($13975 mln.) va Toshkent viloyatidan($3984 mln.) keyin 3-o‘rinni egallagan. Bu o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 45,9% (yeksport – 37,2%, import – 49,5%)ga o‘sishni ko‘rsatadi.
MDH davlatlari bilan tovar va xizmatlar aylanmasi - $1011 mln.ni va dunyoning boshqa davlatlari bilan $2161 mln.ni tashkil qilgan. Mamlakatlar kesimida qaralganda, Andijon viloyatining asosiy eksport ulushi Qozog‘iston ($321 mln.), Qirg‘iziston ($289 mln.), Rossiya ($ 116 mln.) va Xitoy ($52 mln.) davlatlari xissasiga, import ulushi yesa Janubiy Koreya ($ 1229 mln.), Xitoy ($427 mln.), Rossiya ($222 mln.), va Shvetsariya ($68 mln.) davlatlari hissasiga to‘g‘ri kelgan. Yuqoridagi keltirilgan raqamlar shuni ko‘rsatadiki, viloyatning savdo aylanmasi 2021 yil shu davriga nisbatan, MDH davlatlari bilan 48%ga, boshqa davlatlar bilan 45%ga o‘sishga erishilgan.
Viloyatdagi shahar va tumanlar kesimida tashqi savdo aylanmasi dinamikasi tahlil qilinganda, Asaka tumani ($2098 mln.), Andijon shahri ($430 mln.) va Xo‘jaobod tumani ($132 mln.) yuqori ulush bilan oldingi o‘rinlarni egallagan. Xususan, viloyatda jami eksportyorlar soni 415 tani tashkil qilib, maxsulot eksportida, Asaka tumani($375 mln.), Xo‘jaobod ($93 mln.) va Andijon shahri ($69 mln.) yaxshi natijalarni ko‘rsatgan bo‘lsa Asaka tumani ($1724 mln.), Andijon shahri($361 mln.) va Xo‘jaobod tumani ($38 mln.) import faoliyati bo‘yicha yuqori ko‘rsatgichlarni qayd etgan.
Viloyatning asosiy eksport maxsulotlari tarkibini mashinalar va transport asbob uskunalari (38,3%), sanoat tovarlari (25,4%) va turli xil tayyor buyumlar (28.4%) tashkil etgan. Mashinalar va transport asbob uskunalari (58,6%), sanoat tovarlari (22.4%) va xizmatlar (7,2%) importning asosiy qismini tashkil qilgan.
Izoh qoldirish