Andijon viloyatining 2023 yil yanvar-mart oylari bo‘yicha tashqi iqtisodiy faoliyati ko‘rsatkichlari tahlil qilindi

Andijon viloyatining 2023 yil yanvar-mart oylari bo‘yicha tashqi iqtisodiy faoliyati ko‘rsatkichlari tahlil qilindi

Tahlil natijalariga ko‘ra, 2023 yilning I choragida Andijon viloyatining tashqi savdo aylanmasi hajmi $1 227 mln.ni shundan, eksport $279 mln. (tovarlar - $276 mln. , xizmatlar - $3 mln.) va import $948 mln. (tovarlar - $914 mln. , xizmatlar - $34 mln.) ni tashkil qilib, respublikada tashqi savdo aylanmasi ulushi bo‘yicha Toshkent shahri ($5 830 mln.), Toshkent viloyati ($1 386 mln)dan keyin 3-o‘rinni egallagan. Tashqi savdo aylanmasi xajmi o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 29,2% (eksport – 30,6%, import – 28,8%)ga o‘sishni ko‘rsatadi.

Hozirgi kunda Andijon viloyati jaxonning 68 ta mamlakati bilan savdo aloqalarini amalga oshirmoqda. Tashqi iqtisodiy faoliyat bo‘yicha 20 ta yirik hamkor davlatlar orasidan 3 ta davlatda ijobiy tashqi savdo balansi kuzatilgan bo‘lib, Qozog‘iston, Qirg‘iziston va Tojikiston davlatlari shular jumlasidandir. Qolgan 17 ta davlat bilan manfiy tashqi savdo balansi saqlanib qolmoqda.

2023 yilda MDH davlatlari bilan tovar va xizmatlar aylanmasi - $289 mln.ni va dunyoning boshqa davlatlari bilan $938 mln.ni tashkil qilgan. Mamlakatlar kesimida qaralganda, Andijon viloyatining asosiy eksport ulushi Qozog‘iston ($102 mln.), Qirg‘iziston ($72 mln.), Rossiya ($54 mln.) va Xitoy ($22 mln.) davlatlari xissasiga, import ulushi esa Janubiy Koreya ($372 mln.), Xitoy ($286 mln.), Braziliya ($64 mln.) va Meksika ($49 mln.) davlatlari hissasiga to‘g‘ri kelgan.

Viloyatdagi shahar va tumanlar kesimida tashqi savdo aylanmasi dinamikasi tahlil qilinganda, Asaka tumani ($856 mln.), Andijon shahri ($159 mln.) va Xo‘jaobod tumani ($33 mln.) yuqori ulush bilan oldingi o‘rinlarni egallagan. Xususan, viloyatda jami eksportyorlar soni 223 tani tashkil qilib, mahsulot eksportida, Asaka tumani($120 mln.), Andijon shahri ($26 mln.) va Shahrixon ($22 mln.) yaxshi natijalarni ko‘rsatgan bo‘lsa Asaka tumani ($736 mln.), Andijon shahri ($133 mln.) va Xo‘jaobod tumani ($12 mln.) yuqori import ko‘rsatgichlarni qayd etgan.

Viloyatning asosiy eksport maxsulotlari tarkibini mashinalar va transport asbob uskunalari (38%), turli xil tayyor buyumlar (30%) va sanoat tovarlari (25,5%) tashkil etgan. Mashinalar va transport asbob uskunalari (64,5%), sanoat tovarlari (18,6%) va xizmatlar (3,6%) importning asosiy ulushini tashkil qilgan.

Baxodir Xolmirzayev
Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi
Namangan filiali yetakchi ilmiy hodimi
Tel: +99893 619 11 55
Maqolani ulashing

O'xshash yangiliklar