Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi avvalroq, paxta yog‘i narxining oshishiga asosiy sabab bu yog‘ ishlab chiqaruvchi davlatlardagi kungaboqar yog‘i narxining ko‘tarilishidir, deya bayonot bergandi.
Lekin, olib borilgan o‘rganishlar natijasida mahalliy ishlab chiqaruvchi xo‘jalik yurituvchi ob’yektlar tomonidan «Raqobat to‘g‘risida»gi qonun buzilish alomatlari borligi aniqlandi.
Xususan, Qo‘mitada tashkil etilgan ishchi guruhi tomonidan tovar bozorida o‘zaro raqobatchi bo‘lgan paxta-to‘qimachilik klasterlari va kooperatsiyalari o‘rtasida kelishib olingan harakatlar va kelishuvlar bor yoki yo‘qligini aniqlashtirilmoqda.
- Kelishuvlar aniqlangan holda uni orqasidan sun’iy ravishda narxlarni belgilashga yoki saqlab turishga;
- ishlab chiqarish ustidan, mahsulot sotish bozorlari ustidan nazorat o‘rnatishga;
- taklif hajmini sun’iy ravishda o‘zgartirish maqsadida ishlab chiqarish hajmlarini kelishib olishga qaratilgan harakatlar mavjudligini aniqlash yuzasidan tuzilgan ishchi guruh tomonidan chuqur tahlil o‘tkazilyapti.
Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi paxta yog‘i narxlarining o‘sishini oldini olish uchun bitta xaridor tomonidan paxta yog‘ini 3 tonnadan ko‘p bo‘lmagan miqdorda tovar va xom ashyo birjasida sotib olish hajmini chekladi.
Raqobatga zid bo‘lgan harakatlar aniqlangan taqdirda, kompaniya va shaxslarga nisbatan Qonunda belgilangan tartibda hamma zarur choralarni ko‘rishini ma’lum qilingan.
Izoh qoldirish