Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi "Raqobat bilan rivojlanish sari" tanlovi g‘oliblarini e’lon qildi

Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi

O‘zbekiston Respublikasi Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi Hyatt Regency kongress zalida 5-dekabr – Butunjahon raqobat kuni munosabati bilan jurnalistlar, OAV, bloger va soha qiziquvchilari orasida tashkil etilgan “RAQOBAT BILAN RIVOJLANISh SARI” mavzusidagi respublika tanlovi g‘oliblarini tantanali taqdirladi.

Barcha materiallar hakamlar hay’ati tomonidan mamlakatimizda raqobat va tabiiy monopoliyalar to‘g‘risidagi qonunchilikning keng targ‘ib qilinishini ta’minlash, aholi va tadbirkorlik sub’yektlarining raqobat to‘g‘risidagi, tabiiy monopoliyalar to‘g‘risidagi qonunchilik bo‘yicha huquqiy madaniyati va huquqiy ongini yuksaltirishga qaratilgan mavzular yoritilishiga ahamiyat berilgan. Shuningdek, tovar va moliya bozorida o‘zaro raqobatlashuvchi xo‘jalik yurituvchi sub’yektlarning raqobatchiga zarar yetkazadigan yoki yetkazishi mumkin bo‘lgan harakatlarni amalga oshirishining oldini olish, “kartel” kelishuvlari va til biriktirishlarga qarshi kurashish talablarining mazmun-mohiyatini keng jamoatchilikka yetkazilishi kabi jihatlari asosida baholandi.

Ta’kidlash joizki, deyarli 1 oy vaqt davom etgan tanlov jarayonida ishtirokchilar tomonidan 150 dan ortiq materiallar yuborilgan.

Televideniye yo‘nalishida “Eng yaxshi reportaj” nominatsiyasi bo‘yicha:

1-o‘rin – Nargiza Bobojonova «Yoshlar» telekanali “”

2-o‘rin – Dildora Mamadiyorova “Namangan” MTRK

3-o‘rin – Nurzodbek Vohidov My5 (Mening yurtim) telekanali

Bosma nashr yo‘nalishida “Eng yaxshi maqola” nominatsiyasi bo‘yicha
1-o‘rin – Vladimir Mustafin “Darakchiplyus”

2-o‘rin – Ziyoda Rizayeva “Ekonomicheskoye obozreniye” jurnali

3-o‘rin – O‘g‘iloy Abdulazizova «Iqtisodiyot va ta’lim» jurnali

Internet nashr yo‘nalishida “Eng yaxshi maqola” nominatsiyasi bo‘yicha

1-o‘rin – Xusain Radjapov “Gazeta. uz” internet nashri

2-o‘rin –Toxirova Zarina Fayzilloyevna “Podrobno.uz” internet nashri

3-o‘rin – Shokirjonov Shuhrat Shokirjonovich “Kun.uz” internet nashri
Ijtimoiy tarmoqlardagi blogpostlar yo‘nalishida “Eng ommabop va qiziqarli blogpost” nominatsiyasi bo‘yicha

1-o‘rin – Alisher Ro‘zioxunov

2-o‘rin – Umid Gafurov

3-o‘rin – Xurmet Atajanov


Maqolani ulashing

O'xshash yangiliklar