«ASIA ALLIANCE BANK» ATB 45 mlrd so‘mlik korporativ obligatsiyalarini joylashtirdi

«ASIA ALLIANCE BANK» ATB 45 mlrd so‘mlik korporativ obligatsiyalarini joylashtirdi

2020 yilning 24 iyunida «Toshkent» RFBda «ASIA ALLIANCE BANK» ATBning 45 mlrd. so‘mlik korporativ obligatsiyalari joylashtirilishi yakunlandi. Bu ro‘yxatga olingan obligatsiyalarning 90% dan ortig‘ini tashkil etadi, deb xabar bermoqda Kapital bozori agentligi.

«ASIA ALLIANCE BANK» ATB chiqargan korporativ obligatsiyalarning ro‘yxatdan o‘tgan hajmi 50,0 mlrd so‘mni tashkil etadi. Nominal qiymati – 1,0 mln. so‘m, muomala muddati – 7 yil (yoki joylashtirilgan kundan boshlab 2557 kun). Ushbu obligatsiyalarning daromadliligi O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining qayta moliyalashtirish stavkasiga teng bo‘lib, yiliga + 4% ni tashkil etadi. Obligatsiyalar bo‘yicha choraklik foiz to‘lovlari ham ko‘zda tutilgan. Obligatsiyalar «Toshkent» RFB listingiga kirib, ochiq aylanishi mumkin.

Ma’lumot uchun: «ASIA ALLIANCE BANK» ATB ning 100% aksiyalariga O‘zbekiston Respublikasi davlat aktivlarini boshqarish agentligi egalik qiladi. «ASIA ALLIANCE BANK» ATB O‘zbekistondagi yosh va jadal rivojlanayotgan, loyihalarni moliyalashtirish sohasidagi faol banklardan biridir.

2011 yil noyabr oyidan boshlab bank «Moody’s Investor Service» xalqaro reyting agentligining reytinglariga kirgan. «ASIA ALLIANCE BANK» ATB quyidagi reytinglarga kiritilganki, ular har yili Agentlik tomonidan tasdiqlanadi:

  • kontragent uzoq muddatli xatarlarini bank tomonidan baholash (CR Assessment) – B1 (cr) darajasi;
  • depozitlarning uzoq va qisqa muddatli reytinglari – V2 darajasi.

Bundan tashqari, 2019 yilning noyabr oyida Asia Alliance Bank "2019 yilda O‘zbekistonning yil banki" nomiga sazovor bo‘ldi. Bank «Toshkent» RFBning birja kotirovkasi ro‘yxatiga kiritilgan bo‘lib, korporativ obligatsiyalar bozorida birja savdolarning faol ishtirokchisi hisoblanadi.

Bozordagi o‘rni va daromadlari

2020 yilning 5 oy yakuniga ko‘ra Asia Alliance Bank umumiy aktivlari bo‘yicha 18-o‘rinni (2,5 trln. so‘m) va kapital hajmi bo‘yicha 20-o‘rinni (305 mlrd. so‘m) egallab turibdi. Bankning kredit portfeli 1,7 trln. so‘m – barcha bank kreditlarining 0,7% hajmida shakllantirilgan.

Maqolani ulashing

O'xshash yangiliklar