Ayrim bayramlarda dam olish kunlari kamida 3 kun etib belgilandi

Ayrim bayramlarda dam olish kunlari kamida 3 kun etib belgilandi

“O‘zbekiston Respublikasida ichki va ziyorat turizmini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Prezident farmoni qabul qilindi.

Farmonga ko‘ra, ichki va ziyorat turizmini rivojlantirish doirasida:

– Farg‘ona – Urganch – Farg‘ona, Termiz – Urganch – Termiz hamda Qarshi – Urganch – Qarshi aviareyslari yo‘lga qo‘yiladi;
– Andijon – Xiva – Andijon temir yo‘l qatnovi soni oshiriladi;
– 2021 yil 1 aprelgacha Termiz – Qarshi – Xiva, Xiva –Urganch – Nukus va Termiz – Qarshi – Samarqand yo‘nalishlari bo‘yicha doimiy temir yo‘l qatnovini yo‘lga qo‘yish choralari ko‘riladi.

Quyidagi imtiyoz va preferensiyalar muddatlari 2021 yil 31 dekabrgacha uzaytiriladi:
– turoperatorlar, turagentlar, shuningdek, joylashtirish vositalari uchun foyda solig‘i stavkasini belgilangan stavkaga nisbatan 50 foizga kamaytirish;
– kamida 10 kishidan iborat xorijiy turistik guruhlar uchun O‘zbekistonda tur tashkil etish va ularning joylashtirish vositalarida kamida besh kecha tunab qolishi sharti bilan turoperatorlarning avia va temir yo‘l chiptalari bo‘yicha xarajatlarini chipta narxining 30 foizi miqdorida qisman subsidiyalash;
– turoperatorlar, turagentlar va turizm sohasida mehmonxona xizmatlari (joylashtirish xizmatlari)yem ko‘rsatish bo‘yicha yuridik shaxslardan olinadigan yer solig‘i va yuridik shaxslarning mol-mulkiga solinadigan soliqni to‘lashdan ozod qilish;
– ular tomonidan to‘lanadigan ijtimoiy soliqni kamaytirilgan stavkada 1 foiz miqdorida belgilash.

Maqolani ulashing

O'xshash yangiliklar