O‘tgan hafta davomida, ya’ni 10 yanvar – 16 yanvar kunlari "O‘zbekiston respublika tovar-xom ashyo birjasi" AJning barcha savdo platformalarida 1 947,6 mlrd so‘mlik tovarlar sotilgan bo‘lib, bu avvalgi haftaga nisbatan 34,5% ga ortiqdir. Bu haqda “O‘zRTXB” matbuot xizmati xabar qildi.
Bunda sotuvlarning 91,8% - birja savdolari; 0,1% - ko‘rgazma-yarmarka savdolari; 7,5% - elektron davlat xaridlari va 0,6% - avtoraqamlarning onlayn-auksioniga to‘g‘ri keldi.
Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sub’yektlari ishtirokida tuzilgan bitimlarning umumiy hajmi 668,2 mlrd so‘mni tashkil qildi. Davlat xaridlari tizimlarida o‘tkazilgan elektron savdolar natijasida byudjet va korporativ buyurtmachilarining qariyb 14,3 mlrd so‘mlik mablag‘lari tejaldi.
Ko‘rib chiqilayotgan davr mobaynida onlayn auksion orqali 4 602 ta avtoraqamlar sotildi, sotilgan davlat raqam belgilarining umumiy summasi 10,7 mlrd so‘mni tashkil qildi. Raqobatli savdolar natijasida bitimlarning 5,1% birinchi toifadagi avtoraqamlarga; 9,8% ikkinchi; 8,3% uchinchi; 13,0% to‘rtinchi; 20,4% beshinchi va 43,4% oltinchi toifa avtoraqamlarga tegishlidir.
Birja savdolari
Ko‘rib chiqilayotgan davrda ochiq birja savdolari orqali jami 1 788,1 mlrd so‘mlik tovar resurslari sotildi. Sotuvchi korxonalar mahsulotlarni tasdiqlangan jadvallarga rioya qilgan holda birja savdolariga qo‘yishdi, shu jumladan:
Qora metall
O‘tgan haftada birja savdolariga 27 154,0 tonna qora metall qo‘yildi va ulardan 17 352,0 tonnasi, ya’ni 63,9% qismi sotildi. O‘tkazilgan savdolarda har kuni o‘rtacha 163 xaridor ishtirok etdi. O‘rtacha kunlik sotuv hajmlari 3 470,4 tonnani tashkil qildi.
Ko‘rib chiqilayotgan davrda barcha markadagi qora metallning kunlik o‘rtacha narxlari mahsulotning bir tonnasi uchun 9 287,2 ming so‘mdan 9 261,3 ming so‘mgacha pasayganini ta’kidlash lozim.
Ko‘mir
Birjaning ko‘mir bozorida ham narxlar pasayishi qayd etildi. Hafta davomida birja savdolari orqali 4 544,0 tonna ko‘mir sotildi. O‘tkazilgan savdolarda har kuni o‘rtacha 8 xaridor ishtirok etdi.
Ko‘rib chiqilayotgan davrda ko‘mir bo‘yicha shakllangan kunlik o‘rtacha narxlar mahsulotning bir tonnasi uchun 261,2 ming so‘mdan 250,2 ming so‘mgacha, ya’ni 4,2%ga pasaygan.
Texnik chigit
O‘tgan hafta mobaynida birja savdolariga 19 137,0 tonna texnik chigit qo‘yildi va ulardan 18 075,0 tonnasi, ya’ni 94,5% qismi sotildi. Mahsulotning o‘rtacha kunlik sotuv hajmlari 3,6 ming tonnani tashkil qildi.
Ko‘rib chiqilayotgan davrda texnik chigit bo‘yicha shakllangan kunlik o‘rtacha narxlar mahsulotning bir tonnasi uchun 4 070,2 ming so‘mdan 3 975,6 ming so‘mgacha, ya’ni 2,3% ga pasaydi. O‘tkazilgan savdolarda har kuni o‘rtacha 31 xaridor ishtirok etdi.
Izoh qoldirish