2021 yilda O‘zbekistonning ishbilarmonlik muhiti tiklanish vektorini oldi – Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi tadqiqoti

2021 yilda O‘zbekistonning ishbilarmonlik muhiti tiklanish vektorini oldi – Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi tadqiqoti

Hukumat tomonidan iqtisodiyotni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha olib borilayotgan keng ko‘lamli chora-tadbirlar, shu jumladan, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 20 avgust kuni tadbirkorlar bilan ochiq muloqot formatida bo‘lib o‘tgan uchrashuvidan so‘ng amalga oshirilgan qator chora-tadbirlar 2021 yilda iqtisodiy o‘sishning ijobiy sur’atlarini saqlab qolishga imkon berdi.

Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi (Markaz) o‘tgan yil davomida 1000 dan ortiq korxonalar bilan har oy ikki yo‘nalishda so‘rov o‘tkazdi: biznesning hozirgi holatini sifatli baholash va tadbirkorlarning kelgusi uch oy davomida o‘z biznesini rivojlantirish istiqbollariga bo‘lgan umidlari.

2021 yilda ishbilarmonlik muhitining barcha ko‘rsatkichlari yuqori darajada saqlanib qoldi. 2021 yilda o‘rtacha yillik yig‘ma indikatori 60 punktni tashkil etdi, bu esa 2020 yilga nisbatan 18 punktga ko‘pdir.

2021 yilda ishbilarmonlik muhiti ko‘rsatkichlarining o‘zgarishi

Ishbilarmonlik muhiti yig‘ma indikatorining maksimal qiymati yanvar oyida 69 punkt va minimal qiymati esa may oyida (53 punkt) qayd etildi.

Ishbilarmonlik muhiti indikatorining dinamikasi

2021 yilning may oyida sanoat sektori vakillari tovarlarga bo‘lgan talab (55%), xom ashyo bilan ta’minlanish (13%) pasayganidan xavotirda edi. Qishloq xo‘jaligi sohasi vakillari ahvolning yomonligini suv ta’minotidagi qiyinchiliklar bilan bog‘lashdi.

FAO ma’lumotlariga ko‘ra, 2020 yilning iyun oyidan 2021 yilning aprel oyigacha bo‘lgan davrda mamlakatning barcha hududlarida yog‘ingarchilikning kamayishi kuzatilgan. Bundan tashqari, 2021 yil fevral oyi oxirida havo haroratining -12 darajagacha keskin pasayishi (Qoraqalpog‘istonda -22 daraja) aholi o‘rtasida talabning yomonlashishiga, qurilish ishlarining vaqtincha to‘xtab qolishi, shuningdek, qishloq xo‘jaligida ishlab chiqarishning sekinlashishiga (meva va rezavorlar yig‘im-terimida taxmin qilingan zarar 30% dan 80% gacha baholandi) olib keldi.

43% tadbirkorlarning fikricha, 2021 yilning har oy o‘rtacha ishbilarmonlik muhitining holati yaxshi ekani kuzatilgan, 46%ining aytishicha, tovar va xizmatlarga talab yaxshilangan, 26%ining ta’kidlashicha, ishchilar soni ko‘paygan.

Ta’kidlash joizki, 2021 yil kichik va o‘rta biznes vakillari juda yuqori optimizm bilan ajralib turdi. Qisqa muddatda ishbilarmonlik umumiy holatining yaxshilanishi o‘rtacha 77% respondentlarda kuzatildi.

2021 yil dekabr oyida ishbilarmonlik muhitidagi o‘zgarishlar

O‘tgan yilning dekabr oyida ishbilarmonlik muhitining yig‘ma indeksi 2020 yilning shu davriga nisbatan 10 punktga oshdi va 62 punktni tashkil etdi. Bu esa O‘zbekistondagi ishbilarmonlik muhitining holatini ijobiy (2020 yilning dekabr oyida – 52 p.) deb baholaydi.

Ishbilarmonlikning joriy holat indikatori 50 punktni (noyabrda – 44 p.) tashkil etdi, bu tadbirkorlarning hozirgi holatga nisbatan ijobiy kayfiyatini tavsiflaydi (2020 y. dekabrda – 33 p.).

Joriy holat indikatorining o‘sishi sanoatda – 47 punkt (noyabr – 38 p.), xizmatlarda – 51 punkt (noyabr – 45 p.), qishloq xo‘jaligida – 52 (noyabr – 47 p.) va qurilishda – 51 punkt (noyabr - 49 p.), bu korxonalar o‘rtasida tadbirkorlar kayfiyatining yaxshilanishi bilan bog‘liq.

Biznesni rivojlantirish istiqbollari kutilmalari indikatori 75 punktni (noyabr - 67 punkt) tashkil etdi. Bu esa tarbirkorlarning kelgusi 3 oy ichida o‘z biznes istiqbollari haqidagi qarashlarini optimistik (2020 yil dekabr – 73 punkt) aks ettiradi.

Yuqorida aytilganlarning barchasi tiklanish sur’atlarining tezlashishiga olib keladi. Shuningdek, ko‘rishimiz mumkinki 82% kompaniyalar 2022 yil boshida o‘z bizneslarining yaxshilanishini (noyabr – 74%, 2020y. dekabr – 73%) kutishmoqda.

Tovar va xizmatlarga bo‘lgan talab korxonalarning 67%da (noyabr – 65%, 2020y. dekabr – 60%) yaxshilanishi, ishchilar soni 68%dan (noyabr – 61%, 2020y. dekabr – 59%) oshishi kutilmoqda.

Feruzbek Davletov, Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi

Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi

Jamoatchilik bilan ishlash bo‘limi

Tel.: (+998) 78 150-32-20 (417)


Maqolani ulashing

O'xshash yangiliklar