Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi 2025 yilning birinchi yarim yili uchun biznes muhiti tahlilini taqdim etdi

Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi 2025 yilning birinchi yarim yili uchun biznes muhiti tahlilini taqdim etdi

Biznes muhitining barqaror o‘sishi

Biznes muhiti indeksining o‘rtacha ko‘rsatkichi 58 bandni tashkil etdi, bu o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 4 bandga yuqori. Yanvar oyida biznes muhiti ko‘rsatkichi 52 banddan, iyun oyida 63 bandgacha yuqorilagan

Joriy holat sub-indeksi 44 bandni tashkil etdi (2024 yilga nisbatan +7 band), tadbirkorlarning istiqboldagi kutilmalar indeksi yil boshiga nisbatan 25 bandga oshib, 73 bandga yetdi.

Tarmoqlar kesimidagi rivojlanish dinamikasi

Eng yuqori o‘sish sanoat tarmog‘ida qayd etildi (+13 band), xizmatlar 3 bandga yuqoriladi, qurilish tarmog‘ida o‘zgarish kuzatilmagan. Qishloq xo‘jaligida kichik pasayish kuzatildi, bu esa mavsumiy omillar bilan bog‘liq.

Tadbirkorlik kutilmalari: talabning oshishi va inflyasiyaning pasayishi

Tadbirkorlar o‘rtasida o‘tkazilgan so‘rovnoma natijalariga ko‘ra, 42% ishtirokchilar o‘z biznesi joriy holatini «yaxshi» deb baholagan, 74% esa kelgusi 3 oyda biznesi holatini yaxshilanishini kutmoqda. Biznes vakillarining o‘rtacha 70% yaqin 3 oylikda mahsulot va xizmatlarga bo‘lgan talabning o‘sishini kutayotganlini bildirgan.

Inflyasiyaga oid kutilmalar pasayish tendensiyasini ko‘rsatmoqda: yil boshida o‘z mahsuloti yoki xizmatlari oshishini kutayotganlar ulushi 25% bo‘lsa, iyun oyida 21% tashkil etgan.

Tadbirkorlik uchun to‘siqlarning kamayishi va mavjud muammolar

So‘rovnomada ishtirok etgan tadbirkorlarning 59%i biznes yuritishda jiddiy to‘siqlar yo‘qligini qayd etgan, bu o‘tgan yilga nisbatan 9 foiz bandga ko‘p. Biroq, tadbirkorlarning 10% - moliyalashtirish, 6% - soliq ma’murchiligi va 6% - soliq stavkalari yuqoriligi bilan bog‘liq muammolarni ko‘rsatgan.

Tarmoqlar kesimida esa moliyalashtirishga erishishda eng katta to‘siqlar qishloq xo‘jaligida (14% respondentlar), sanoat va qurilishda esa yuqori soliq stavkalari va soliq ma’murchiligi ko‘proq qayd etilgan.

Iqtisodiy istiqbollar

Tadbirkorlik faoliyatining jadal o‘sishi, eksport imkoniyatlarining kengayishi va ma’muriy to‘siqlarning kamayishi O‘zbekistonda biznes muhitini barqaror ijobiy deb baholashga asos yaratadi. Tadbirkorlarning yaqin oylarga bo‘lgan katta umidlari iqtisodiy o‘sishni yanada mustahkamlash va mamlakatning investitsiyaviy jozibadorligini oshirish uchun zamin yaratadi.

To‘liq hisobotni havola orqali ko‘rish mumkin: Yuklab olish

Maqolani ulashing

O'xshash yangiliklar