Orol dengizi havzasidagi xozirgi kunda qurg‘ochil va kimsasiz bo‘lib qolgan yerlarga Kanadaning mahalliy tashabbuslar jamg‘armasi qo‘llab-quvvatlashi ostida yangi innovatsiyaviy tashabbus ishga tushirilgan va mazkur tashabbus doirasida O‘zbekiston Respublikasi tarkibidagi avtonom hudud – Qoraqalpog‘iston Respbulikasidagi har bir uy va maktabga toza ichimlik suvini yetkazib berish uchun zarur bo‘lgan o‘ta muhim infratuzilma barpo etilmoqda.
BMTTDning O‘zbekistondagi doimiy vakili Matilda Dimovska xonimning aytishicha, ushbu infratuzilma mazkur hududlarda istiqomat qiluvchi kamida 40 000 nafar aholi o‘z jo‘mraklaridan kasal bo‘lib qolish xatarisiz suv ichish imkoniyatiga ega bo‘lishlarini ta’minlashga yordam berdi.
«Bu so‘nggi yil davomida ayniqsa? muhim ahamiyat kasb etdi, chunki biz hozirgi avlod uchun juda og‘ir kechgan pandemiyani boshimizdan o‘tkazdik», - dedi u. «Koronavirus xavfsiz bo‘lmagan suvni iste’mol qilish sababli kelib chiqqan kasallik bilan bir vaqtda yuqsa, ular bir-birining ta’sirini yanada og‘irlashtiradi va insonlarni yanada zaifroq qiladi».
Shuningdek, Dimovska xonim qayd etishicha, asosiy e’tiborni Qoraqalpog‘istonning Mo‘ynoq, Chimboy va Bo‘zatau tumanlariga qaratgan tashabbus ayollar va bolalar uchun alohida ahamiyat kasb etdi, chunki «ular toza suv va o‘z oilalarini pandemiya sharoitida himoya qilish uchun zarur bo‘lgan dezinfeksiya vositalarini olishga ko‘pincha moliyaviy mablag‘lar va vaqt sarf qiladilar».
COVID-19 pandemiyasi butun O‘zbekiston bo‘yicha aholining salomatligi uchun salbiy oqibatlarni keltirib chiqardi va ular ichimlik suvining tanqisligi sababli yanada og‘irlashdi. Bu odamlarning daromadlarini, turmush darajasini va hayot sifatini cheklab qo‘ydi, ayniqsa, mamlaktning eng himoyasiz bo‘lgan qishloq hududlarida. Orol dengizidagi falokat oqibatlari ularning salomatlik darajasini va toza suvdan foydalanish imkoniyatini hamda tadbirkorlikning rivojlanish sur’atini cheklab qo‘ygan Qoraqalpog‘iston aholisi eng katta muammolar bilan to‘qnashganlar safidan o‘rin oldilar.
O‘zbekistondagi Kanada vakilining xabar berishicha, Kanadaning mahalliy tashabbuslar jamg‘armasi mazkur loyihani BMTTD bilan hamkorlikda amalga oshirishining asosiy sababi shundan iborat-ki, insonlar o‘z salomatliklarining eng maqbul darajasini ushlab turishlarini ta’minlashda ko‘mak berish orqali ushbu loyihada Qoraqalpog‘istonda rivojlanish katalizatori sifatida xizmat qilish salohiyati mavjud.
«Qoraqalpog‘iston aholisida o‘z taraqqiyotini boshqarish uchun quvvat va iroda mavjud», - dedi u. «Ularga davlat sektorining to‘g‘ri va maqsadli investisiyalarini ta’minlash uchun faqatgina kichik bir yordam kerak xolos». Kanadaning mahalliy tashabbuslar jamg‘armasi (CFLI) taraqqiyot maqsadida rasmiy ko‘mak olish huquqiga ega 120dan ortiq mamlakatlarda bu kabi kichik ko‘lamli va yuqori samarali loyihalarning moliyalashtirilishini ta’minlaydi.
Qoraqalpog‘istonni toza ichimlik suvi bilan ta’minlashning ikki asosiy jihati mavjud. Birinchidan, loyiha doirasida sharoit eng og‘ir bo‘lgan Mo‘ynoq va Chimboy tumanlarini suv bilan ta’minlash uchun yangi infratuzilmani yaratish hamda Bo‘zatau tumaniga mavjud suv manbalaridan yanada samaraliroq foydalanish uchun ko‘mak berish nazarda tutilgan. Mo‘ynoq va Chimboy tumanlaridagi ishlar mahalliy maktablar yaqinida joylashgan va 1202 nafar odam uchun suvdan foydalanish imkonini beruvchi uchta artezian quduqlarni qazish va asosiy elektr tarmog‘iga bog‘liq bo‘lmagan quyoshdan quvvatlanadigan cho‘ktirma suv nasoslarini ulashdan iborat. Bo‘zatau tumanida esa to‘rt nafar qishloq fuqarolar yig‘inlarida 456 nafar aholini suv bilan ta’minlovchi to‘rtta elektr suv nasoslari o‘rnatildi.
Ikkinchi jihati esa Mo‘ynoq, Chimboy va Bo‘zatau tumanlaridagi mahallalarda suvni tozalash va gidroliz qilish uchun yangi uskunalar tizimini o‘rnatishni nazarda tutadi. Yer osti suvlarini ichimlik va xo‘jalik maqsadlarida tozalash uchun sakkizta yangi teskari osmos tizimlari (TOT) ishlatilmoqda va bu 1943 nafar mahalliy aholiga foyda keltirdi. Loyiha doirasida, shuningdek, COVID-19 virusiga qarshi yuqori samarador va xavfsiz bo‘lgan dezinfeksiya vositasi, gipoxlorit natriy moddasini olish uchun TOTning hamroh mahsuli namakobidan foydalanuvchi gidroliz qurilmalarining sakkizta to‘plami o‘rnatildi va buning natijasida 1748 nafar aholi foyda ko‘radilar.
Mazkur qurilmalarga qo‘shimcha ravishda Taxtako‘pir tumanida 3kVt quvvatga ega quyosh (fotoyelektr) elektrstansiyasi o‘rnatilgan bo‘lib, «Kostruba» nomi bilan ma’lum bo‘lgan Qishloq fuqarolar yig‘iniga yordam berish maqsadida ilgari o‘rnatilgan suv tozalash uskunalari uchun elektr quvvatini ta’minlab beradi va 195 nafar aholiga manfaat keltiradi.
Qayd etish lozim-ki, maqsadli hududlarda ichimlik suvi, dezinfeksiya vositalari va elektr quvvatidan foydalanish imkoniyatlarini yengillashtirish kichik tadbirkorlikni rivojlantirishga yo‘naltirish mumkin bo‘lgan vaqt va mablag‘larni tejab qolishga yordam berishi mumkin. Qoraqalpog‘istonda kichik tadbirkorlik sektorini mustahkamlash mintaqaning COVID-19 pandemiyasidan so‘ng qisqa muddatli tiklanishi uchun hamda Orol dengizining qurishi keltirib chiqargan to‘xtovsiz qiyinchiliklar qarshisida iqlim o‘zgarishiga chidamli qishloq xo‘jaligiga va yashil iqtisodiy rivojlanishga uzoq muddatda o‘tishi uchun eng muhim shart sifatida ko‘rilmoqda.
Izoh qoldirish