Unga ko‘ra, 2021 yil 10 dekabrdan boshlab:
- ipoteka krediti bo‘yicha subsidiyalarni to‘lashda kvartira maydonining eng ko‘p me’yorini belgilash amaliyoti bekor qilinmoqda;
- ehtiyojmand shaxslarga dastlabki badal uchun subsidiya qat’iy belgilangan 32 million so‘m miqdorida to‘lanishi belgilanmoqda;
- ehtiyojmand shaxslarga foiz to‘lovlari uchun subsidiyalar barcha hududlar uchun bir xil – 10 foizdan oshgan qismiga to‘lanadi;
- subsidiyalar sotib olinayotgan kvartiraning narxi ipoteka kreditining eng ko‘p miqdoridan oshgan taqdirda ham to‘lanadi. Bunda, kvartiraning narxi kreditning eng ko‘p miqdoridan oshgan taqdirda, qarz oluvchi qiymatning qolgan qismini o‘z mablag‘lari hisobidan to‘laydi;
- fuqarolarga ipoteka kreditini olishda kafil sifatida yaqin qarindoshi bo‘lmagan boshqa shaxslarni ham jalb qilish huquqi berilmoqda.
Shuningdek, uy-joy qurish xarajatlarini maqbullashtirish va narxi oshib ketishining oldini olish maqsadida:
- elektron auksion g‘oliblariga yer uchastkasi qiymatining 30 foizini oldindan, qolgan qismini 12 oy davomida bo‘lib-bo‘lib to‘lash huquqi berilmoqda;
- 2024 yil 1 yanvarga qadar yangi qurilish va maxsus texnikalar hamda yuk tashish transport vositalari importida bojxona boji va utilizatsiya yig‘imining nol stavkasi qo‘llanilishi nazarda tutilmoqda.
2023 yil 1 yanvarga qadar:
- sement va energotejamkor bazalt qoplamalari importida bojxona bojining nol stavkasi qo‘llanilishi belgilanmoqda;
- uy-joy quruvchi tashkilotlar uchun mo‘ljallangan alohida birja savdo seksiyasi joriy qilinmoqda.
2022 yil 1 yanvardan boshlab pudrat tashkilotlariga davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan qurilishi tugallanmagan, tom yopish ishlari bajarilgan ko‘p kvartirali uy-joylarni kredit ta’minoti sifatida garovga taqdim etishga ruxsat etiladi.
Izoh qoldirish