2022 yilning I choragida kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sub’yektlarining YaHMdagi ulushi 66,7%ni tashkil qildi (2021 yilning mos davrida 67,3%). Kichik tadbirkorlik sub’yektlarining YaHMdagi ulushining o‘tgan yilning mos davriga nisbatan pasayishi yirik korxonalar ulushining oshishi bilan bog‘liq.
Sanoat mahsulotlari
Viloyatda 4 565,8 mlrd.so‘mlik sanoat mahsulotlari ishlab chiqarilgan bo‘lib, o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 93,8%ni tashkil etgan.
Viloyat sanoat mahsulotlari tarkibida tog‘-kon sanoatining ulushi – 4,94% (225,5 mlrd.so‘m), ishlab chiqariladigan sanoatning ulushi – 89,6% (4090,5 mlrd.so‘m), elektr, gaz, bug‘ bilan ta’minlash va havoni konditsiyalash sanoatining ulushi – 4,67% (213,2 mlrd.so‘m), suv bilan ta’minlash, kanalizatsiya tizimi, chiqindilarni yig‘ish va utilizatsiya qilish sanoatining ulushi – 0,8% (36,7 mlrd.so‘m)ni tashkil qilgan.
Viloyatda sanoat mahsulotlarining 68,3 foizi viloyatning 4 ta hududi, jumladan, Qorovulbozor (38,5%), G‘ijduvon (12,4%), Romitan (7,8%) tumanlari hamda Buxoro shahri (9,6%)ga to‘g‘ri keladi. Kogon (5,4%), Qorako‘l (4,7%) tumanlari va Kogon shahri (6,4%)larda sanoat mahsulotlari hajmida ulushni o‘rtacha atrofida tashkil etsa, Peshko‘ (3,8%), Jondor (3,3%), Shofirkon (2,6%), Vobkent (2,5%), Buxoro (1,8%), Olot (1,2%) tumanlarida esa ishlab chiqarilgan sanoat mahsulotlari hajmida past ulushni tashkil qilgan.
Jumladan, eng yuqori ko‘rsatkichni tashkil qilgan Qorovulbozor tumanida ishlab chiqarilgan sanoat mahsulotlari hajmi (1608,9 mlrd.so‘m) Olot tumaniga (51,1 mlrd.so‘m) nisbatan 31,5 baravar, Buxoro tumaniga (143,2 mlrd.so‘m) nisbatan 11,2 baravar ziyod bo‘lgan.
Shu bilan birga o‘tgan yilning mos davriga nisbatan jami sanoat mahsulotlari hajmining o‘sish sur’ati Olot (116,1%), G‘ijduvon (114,6%), Romitan (112,8%) tumanlarida eng yuqori ko‘rsatkichni tashkil qilgan bo‘lsa, Qorovulbozor (76,9%), Jondor (100,3%) hamda Buxoro (104,2 %) tumanlarida eng past ko‘rsatkichni tashkil qilgan.
Bundan tashqari viloyatda ishlab chiqarilgan sanoat mahsulotlarining 37,8 foizi (1547,4 mlrd.so‘m) koks va neftni qayta ishlash mahsulotlari ishlab chiqarish, 30,7 foizi (1255,4 mlrd.so‘m) to‘qimachilik mahsulotlari ishlab chiqarish, 15,6 foizi (638, 8 mlrd.so‘m) oziq-ovqat sanoatiga hamda 15.9 foizi qolgan boshqa yo‘nalishlarda ishlab chiqarilgan.
Viloyatda aholi jon boshiga to‘g‘ri keladigan sanoat mahsulotlari hajmi 2305,9 ming so‘mni tashkil qilgan holda 2021 yilning mos davriga nisbatan 92,4 foizni tashkil etgan.
Tuman (shahar)lar kesimida aholi jon boshiga ishlab chiqarilgan sanoat mahsulotlari hajmi Qorovulbozor (84114,9 ming so‘m), Kogon shahri (4212,3 ming so‘m), Kogon tumani (2761,4 ming so‘m), Romitan (2182,9 ming so‘m) tumanlarida viloyatning o‘rtacha ko‘rsatkichidan yuqori bo‘lgan. Jondor (746,9 ming so‘m), Vobkent (723,4 ming so‘m), Olot (503,3 ming so‘m) tumanlari viloyat o‘rtacha ko‘rsatkichiga nisbatan sezilarli past ko‘rsatgichni qayd etgan. Jumladan, eng yuqori ko‘rsatgich qayd qilingan Qorovulbozor tumanida jon boshiga ishlab chiqarilgan sanoat mahsulotlarining hajmi Olot tumaniga nisbatan 167,1 baravar ziyod bo‘lgan.
Iste’mol mollari
Viloyatda jami 1899,5 mlrd.so‘mlik (o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 101,5%) iste’mol mollari ishlab chiqarilgan bo‘lib, aholi jon boshiga nisbatan o‘rtacha ko‘rsatkichi 959,3 ming so‘mni tashkil qilgan. Jumladan, iste’mol mollari tarkibida oziq-ovqat mahsulotlari - 540,8 mlrd.so‘m, nooziq-ovqat mahsulotlari - 1303,8 mlrd.so‘m, spirtli ichimliklar - 54,9 mlrd.so‘mni tashkil qilgan.
Tahlil qilingan davrda, hududlar bo‘yicha ishlab chiqarilgan iste’mol mollari hajmi o‘rtasidagi farq sezilarli darajada bo‘lgan.
Tuman (shahar)lar kesimida ishlab chiqarilgan iste’mol mollari hajmi bo‘yicha, Qorovulbozor tumani (32,7%), Buxoro shahri (18,1%), G‘ijduvon (11,8%), Kogon (5,85%), tumanlarining ko‘rsatkichi viloyatning o‘rtacha ko‘rsatkichiga nisbatan yuqori bo‘lgan.
Shofirkon (62,3 mlrd.so‘m), Peshko‘ (49,1 mlrd.so‘m), Romitan (45,1 mlrd.so‘m), Olot (26,9 mlrd.so‘m) tumanlarida viloyatning o‘rtacha ko‘rsatkichiga nisbatan past tendensiyani tashkil qilgan.
Viloyatda aholi jon boshiga to‘g‘ri keladigan iste’mol mollari hajmining o‘rtacha ko‘rsatkichi 959,3 ming so‘mni tashkil qilgan bo‘lib, o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 0,1%ga kamaygan.
Kogon (1514,0 ming so‘m), Buxoro (1212,1ming so‘m) shaharlari, Qorovulbozor (32,5 mlrd.so‘m), G‘ijduvon (718,0 ming so‘m) tumanlarida aholi jon boshiga ishlab chiqarilgan iste’mol mollari viloyatning o‘rtacha ko‘rsatkichidan yuqori ulushni tashkil qilgan.
Peshko‘ (386,9 ming so‘m), Shofirkon (342,1 ming so‘m), Romitan (307,8 ming so‘m), Olot (265,0 ming so‘m) tumanlari jon boshiga ishlab chiqarilgan iste’mol tovarlari hajmi bo‘yicha viloyatda past ko‘rsatkichni tashkil qilgan.
Izoh qoldirish