Markaziy Bank O‘zbekistonda o‘tgan to‘rt yil mobaynida ajratilgan ipoteka kreditlarining umumiy miqdorini ma’lum qildi

Markaziy Bank O‘zbekistonda o‘tgan to‘rt yil mobaynida ajratilgan ipoteka kreditlarining umumiy miqdorini ma’lum qildi

“Aholini uy-joylar bilan ta’minlash tizimida amalga oshirilayotgan islohotlarning ijtimoiy-iqtisodiy ahamiyati” mavzusida ochiq muloqotda Markaziy bank ipoteka kreditlarining umumiy miqdorini e’lon qildi.

So‘nggi 4 yil va 2021 yil 3 oyida tijorat banklari tomonidan 232,4 ming nafar fuqaroga 27,5 trln. so‘m (2,6 mlrd dollar) miqdorida ipoteka kreditlari ajratildi.

Natijada joriy yil I chorak yakunlari bo‘yicha ajratilgan ipoteka kreditlari qoldig‘i 29,4 trln. so‘mni (2,8 mlrd dollar) tashkil etib, 2016 yilga nisbatan qariyb 4 baravarga oshdi.

Ochiq muloqotda Markaziy bank, Moliya vazirligi, Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi, Qurilish vazirligi, Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vazirligi hamda Xalq ta’limi vazirligi mutasaddilari ishtirok etdi.

2020 yil va 2021 yil 19 apreliga qadar Yangi tartib doirasida 12 138 nafar fuqarolarga jami 2 638 mlrd. so‘m miqdoridagi (2020 yilda 1 747 mlrd. so‘m va 2021 yilda 891 mlrd. so‘m) ipoteka kreditlari ajratildi.

Shuningdek, mazkur davr davomida Yangi tartib doirasida uy-joy sharoitlarni yaxshilashga muhtoj, subsidiya xabarnomasiga ega 3 370 nafar fuqarolarga 743,1 mlrd. so‘m miqdorida ipoteka kreditlari ajratildi.

Maqolani ulashing

O'xshash yangiliklar