Jahon bankining Taraqqiyot siyosati dasturi (DPO) tuzilmaviy islohotlarni amalga oshirish, sarmoyaviy muhitni yaxshilash va turmush darajasini oshirishda mamlakatlarni qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan.
DPO (Taraqqiyot siyosati dasturi) – bu – mamlakatning inklyuziv va raqobatbardosh bozor iqtisodiyotiga o‘tishini tezlashtiradigan muhim iqtisodiy va ijtimoiy islohotlarni amalga oshirishini qo‘llab-quvvatlash uchun Jahon banki tomonidan beriladigan past foizli imtiyozli kredit hisoblanadi.
Uchrashuvdan maqsad iqtisodiy rivojlanish dasturining navbatdagi bosqichini muhokama qilish edi. Uchrashuvda Markaz direktori O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlar, shuningdek, islohotlarni baholash va ularning mamlakatdagi iqtisodiy vaziyatga ta’siri bo‘yicha Markaz tadqiqotlari natijalari bilan tanishtirdi.
Jahon banki ekspertlari O‘zbekistonda Prezident Shavkat Mirziyoyev rahnamoligida amalga oshirilayotgan islohotlar samaralarini yuqori baholab, ularning mamlakat iqtisodiyoti rivojiga katta ta’sirini qayd etdi.
So‘ngra ishtirokchilar islohotlarni amalga oshirishda, jumladan, iqtisodiy islohotlarni baholash modellari va simulyasiyalarini ishlab chiqish, O‘zbekistonning Jahon savdo tashkilotiga (JST) qo‘shilishi tahlili va uning iqtisodiyot tarmoqlariga ta’siri kabi muhim yo‘nalishlarda birgalikdagi sa’y-harakatlarning muhimligiga e’tibor qaratdilar.
Ekspertlar eksport subsidiyalarini bekor qilish samarasini o‘rganish zarurligini ta’kidladilar.
Tomonlar islohotlar kun tartibini, jumladan, davlat moliya siyosati va dasturiy byudjetlashtirish sohasidagi hamkorlikni ham muhokama qildilar. Mutaxassislar davlat moliya tizimi va soliq siyosati masalalari bo‘yicha tahliliy ishlarni olib borish muhimligini ta’kidladilar.
Muhokamaning muhim jihati O‘zbekiston iqtisodiyoti uchun barqaror o‘sish va salmoqli salohiyatni namoyish etayotgan IT-sohasi bo‘ldi. Xususan, ushbu sohadagi xizmatlar eksporti 1 milliard dollarga yetishi mumkinligi taxmin qilinmoqda.
Bundan tashqari, ekspertlar mintaqaviy rivojlanish strategiyalari, qishloq xo‘jaligini isloh qilish va norasmiy iqtisodiyot muammolarini muhokama qildilar.
Uchrashuv yakunlari bo‘yicha tomonlar rejalashtirilgan tashabbuslarni amalga oshirish bo‘yicha hamkorlikni yanada rivojlantirishga ishonch bildirdilar, bu esa dolzarb iqtisodiy muammolarni yanada samarali hal etish imkonini beradi va O‘zbekistonning barqaror rivojlanishiga ko‘maklashadi.
Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi
Jamoatchilik bilan aloqalar xizmati
Izoh qoldirish