Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi "Chatham House" institutida Markaziy Osiyodagi iqtisodiy rivojlanish tendensiyalarini taqdim etdi

Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi

Shu kunlarda O‘zbekiston Respublikasi hukumat delegatsiyasi Buyuk Britaniyada bo‘lib turibdi. O‘zbekiston delegatsiyasining Buyuk Britaniyaga tashrifi xalqaro hamkorlikni mustahkamlash va ikki mamlakat tajribasini almashish yo‘lidagi muhim qadamdir.

O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan islohotlar natijalarini yetkazish va ikki tomonlama hamkorlikni mustahkamlash maqsadida Britaniya Qirollik xalqaro munosabatlar institutida “Chatham House”da xalqaro davra suhbati tashkil etildi.

Tadbir O‘zbekiston Respublikasining Buyuk Britaniya va Shimoliy Irlandiya Birlashgan Qirolligidagi elchixonasi ko‘magida tashkil etildi.

Tadbirda “Chatham House” instituti Yevroosiyo dasturi direktori J.Niksi, Markaziy Osiyo masalalari bo‘yicha institut ilmiy xodimlari Annet Bor va Keyt Mallinson., shuningdek, Buyuk Britaniya rasmiy va ekspert doiralari vakillari ishtirok etishdi.

O‘zbekistonning Buyuk Britaniyadagi elchisi Ravshan Usmonov ishtirokchilarni respublikada amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlar, shuningdek, mamlakatimiz va Buyuk Britaniya o‘rtasidagi hamkorlikning bugungi holati va istiqbollari bilan tanishtirdi.

Markaziy Osiyo mamlakatlarining, shu jumladan O‘zbekistonning iqtisodiy ko‘rsatkichlari, savdo, investitsion muhiti, qazilma boyliklari, energiya resurslaridan foydalanish istiqbolli loyihalari taqdimotini taqdim etdi.

Bir nechta muhim fikrlar ta’kidlandi: mintaqaning amalga oshirilmagan salohiyati va hamkorlikning yangi imkoniyatlari, shu jumladan Yevropa Ittifoqi mamlakatlari bilan.

Xususan, Markaziy Osiyo va Yevropani bog‘lab turuvchi savdo yo‘llari – “Transkaspiy xalqaro trasport yo‘nalishi” va “Janubiy koridor” marshrutlarining iqtisodiy, texnik xususiyatlari yoritib berildi.

Mintaqa mamlakatlarining sanoat tarmoqlarini global qo‘shilgan qiymat zanjiriga integratsiya qilish uchun mintaqa davlatlari tomonidan olib borilayotgan sa’y-harakatlar va islohotlar bo‘yicha fikr almashildi.

Bundan tashqari, O‘zbekistonda ijtimoiy-iqtisodiy barqarorlikka erishish yo‘lida qo‘llanilayotgan milliy model va ijtimoiy himoya tizimi dasturlarining natijadorligiga baho berildi.

Tadbir ishtirokchilari O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan islohotlarga katta qiziqish bildirdilar, bu esa O‘zbekiston tajribasining Britaniya siyosiy va iqtisodiy doiralari uchun muhimligini ta’kidlaydi.

Tadbir yakunida "Chatham House" tahlil markazi vakillari tomonidan O‘zbekiston tahlil markazlari bilan hamkorlikni rivojlantirishga qiziqish bildirildi.

Ma’lumot uchun: Chatham House xalqaro munosabatlar sohasidagi yetakchi tahlil markazlaridan biridir. Institut dunyoda sodir bo‘layotgan jarayonlar bo‘yicha amaliy tadqiqotlar olib boradi. 2016 yilda Chatham House yilning eng yaxshi tahlil markazi deb topildi. U International Affairs va World Review jurnallarni nashr etadi hamda har yili dunyoning yetakchi tahlilchilari ishtirokida 300 dan ortiq konferensiyalar, seminarlar va davra suhbatlari o‘tkazadi.

Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi

Jamoatchilik bilan aloqalar bo‘limi

Maqolani ulashing

O'xshash yangiliklar