Davlat Bojxona qo‘mitasi O‘zbekistondan qancha kafel ekspor qilingani haqida ma’lumot berdi

Davlat Bojxona qo‘mitasi O‘zbekistondan qancha kafel ekspor qilingani haqida ma’lumot berdi

O‘zbekistonda joriy yilning o‘tgan 10 oyi davomida 12 mln. 40 ming AQSh dollari qiymatidagi 4 213 231 m² kafel eksport bojxona rejimiga rasmiylashtirilgan.

Davlat bojxona qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, mazkur yilda 2019 yilning aynan shu davriga nisbatan yurtimizdan 1 192 427 m² ko‘p kafel ekport qilingan bo‘lib 39 foizga o‘sishga erishildi.

Kafel mahsulotlari eksport qilinishi natijasida yurtimizga valyuta tushumlari o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 3,3 million dollarga ko‘payib, 38 foiz o‘sgan. Kafelning 39 foizi Qozog‘istonga va 35 foizi Tojikistonga eksport qilingan.

Shuningdek, joriy yilda kafelning eksporti Rossiyaga 2,4 barobarga ortgan. Joriy yildan ilk bora yurtimizdan Gruziyaga kafel eksporti yo‘lga qo‘yildi.

Maqolani ulashing

O'xshash yangiliklar