Davlat ulushiga ega o‘nta bankning foiz stavkalari inflyasiyaga qarshi siyosat bilan uyg‘unlashgan holda pasaytiriladi

Davlat ulushiga ega o‘nta bankning foiz stavkalari inflyasiyaga qarshi siyosat bilan uyg‘unlashgan holda pasaytiriladi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 9 iyun kuni milliy iqtisodiyot barqarorligini ta’minlashga doir dolzarb masalalar muhokamasiga bag‘ishlangan yig‘ilish o‘tkazdi.

Ma’lumki, bank tizimida katta islohotlar belgilangan. Yig‘ilishda bu choralarni jadallashtirib, davlat ulushiga ega o‘nta bankda transformatsiya jarayonini o‘z vaqtida amalga oshirish, foiz stavkalarini inflyasiyaga qarshi siyosat bilan uyg‘unlashgan holda pasaytirish muhimligi ta’kidlandi.

Joriy yilda to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiyalarni jalb etish va o‘zlashtirish bo‘yicha Bosh vazir o‘rinbosarlariga topshiriqlar berildi.

Pandemiya sharoitida eksportni oshirish va valyuta tushumlarini ta’minlash juda dolzarb masala. Tashqi bozorlarda talabning keskin kamayishi eksportchi korxonalarimizga jiddiy ta’sir qilmoqda.

Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligiga eksport ko‘rsatkichini 2019 yilgidan kam bo‘lmagan miqdorda ta’minlash bo‘yicha qo‘shimcha choralar ko‘rish yuzasidan topshiriqlar berildi.

Maqolani ulashing

O'xshash yangiliklar