Mart oyida ishbilarmonlik faolligi o‘rtacha o‘sishni ko‘rsatdi-Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi

Mart oyida ishbilarmonlik faolligi o‘rtacha o‘sishni ko‘rsatdi-Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi

Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi tomonidan baholangan Ishbilarmonlik faolligi indeksi (IFI) 2022 yil mart oyida 1026 birlikni tashkil etib, fevral oyiga nisbatan 2,6 foizga oshdi. Shuningdek, ishbilarmonlik faolligi indeksi o‘tgan yilning mos davriga nisbatan esa 16 foizlik o‘sish qayd etildi.

Komponentlar darajasida quyidagi o‘zgarishlar bo‘lgan

2022 yilning mart oyida Ishbilarmonlik faolligi indeksi o‘tgan oyga nisbatan 2,6 foizga oshib, 1026 birlikni tashkil etishi, quyidagi komponentlar darajasidagi o‘zgarishlarga bog‘liq bo‘lgan:

  • xo‘jalik yurituvchi sub’yektlarning bank hisobvaraqalaridagi opreatsiyalar soni 0,9 foizga oshgan;
  • faoliyat ko‘rsatayotgan xo‘jalik yurituvchi sub’yektlar bo‘yicha komponent 2,7 foizga oshgan;
  • tovar-xom ashyo birjasida xom ashyo sotib olish jadalligi 3,7 foizga oshgan;
  • tovar belgilari bo‘yicha komponent 5,8 foizga oshgan.

Hududlar kesimida Navoiy viloyatida eng yuqori o‘sish sur’ati qayd etilgan

2022 yil mart oyida Ishbilarmonlik faolligi indeksi 13 ta hududda o‘tgan oyga (2022 yil fevral) nisbatan o‘sish kuzatilgan. Navoiy (45,8%), Jizzax (38,4%), Buxoro (36,8%) va Sirdaryo (29,4%) viloyatlarida sezilarli darajada o‘sish kuzatilgan (2-rasm).

Shu bilan birga, ushbu indeks Qashqadaryo viloyatida o‘tgan oyga nisbatan 1,6 foizga pasayish kuzatilgan.

BANK HISOB VARAQALARI BO‘YIChA OPERATsIYaLAR

2022 yil mart oyida banklararo to‘lov operatsiyalari soni 5 009,8 ming tani tashkil etdi va 2022 yilning fevral oyiga nisbatan 45,2 ming tranzaksiyaga (0,9%) oshgan.

Banklararo to‘lov operatsiyalari soni 5 ta hududda oshgan

2022 yil martda respublikaning 5 ta hududida yuridik shaxslar o‘rtasidagi bank operatsiyalari soni o‘tgan oyga nisbatan oshgan. Xususan, sezilarli darajadagi o‘sish Toshkent shahrida (4,1%) kuzatilgan. 9 ta hududdan Toshkent (-8,7%) va Buxoro (-7,8%) viloyatlarida sezilarli darajada pasayish kuzatilgan.

TOVAR-XOM AShYo BIRJASIDAGI FAOLLIK

2022 yilning mart oyida IFIning birja komponenti 1,0369 birlikni tashkil etdi. Bu esa ushbu komponentning o‘tgan oyga nisbatan 3,7 foizga o‘sganligini anglatib, bitimlar sonining (13,2%) oshganligi bilan izohlanadi.

Respublika tovar-xom ashyo birjasida tovarlar savdosi umumiy aylanmasi hajmi 2022 yil mart oyida 6 887,6 mlrd. so‘mni tashkil etib, ushbu ko‘rsatkich o‘tgan oyga nisbatan 9,8 foizga oshgan.

XO‘JALIK YuRITUVChI SUB’EKTLARNING FAOLLIGI

Faoliyat yuritayotgan xo‘jalik sub’yektlari bo‘yicha komponent 2022 yil mart oyida 1,0269 birlikni tashkil etib, o‘tgan oyga nisbatan 2,7 foizga oshganligini ko‘rsatadi. Ushbu ko‘rsatkich o‘tgan yilning mos davriga nisbatan ijobiy o‘zgarib, 4,9 foizga oshgan.

2022 yil mart oyida barcha turdagi faoliyat yuritayotgan xo‘jalik yurituvchi sub’yektlar soni 2022 yilning mart oyiga (581 775 birlik) nisbatan 5 041 taga ko‘payib, 586 816 birlikni tashkil etgan.

Yirik tadbirkorlik bilan shug‘ullanuvchi korxonalar soni 268 taga oshgan

Hisobot davrida, kichik korxonalar soni 470 712 tadan 475 465 tagacha oshgan (o‘sish 4 753 ta). Fermer xo‘jaliklari soni 107 710 tadan 107 730 tagacha (o‘sish 20 ta) oshgan. Yirik tadbirkorlik bilan shug‘ullanayotgan sub’yektlar soni 3 621 tani tashkil etib, 2022 yilning fevral oyiga nisbatan 268 taga oshgan.

BRENDLARNI RO‘YXATGA OLISh

2022 yil mart oyida savdo belgilari muhofazasi bo‘yicha biznes faolligi indeksi 1,0577 birlikni tashkil etib, ushbu ko‘rsatkich 2022 yilning fevral oyiga nisbatan 5,8 foizga oshgan. Joriy yilning mart oyida yuridik shaxslar tomonidan 330 ta tovar belgilari va tovar nomlari ro‘yxatga olingan.

O‘zbekiston Respublikasi va mintaqalar bo‘yicha IFI komponentlarining o‘tgan oyga nisbatan o‘zgarishi

Mintaqalar

IFI

Hisoblar bo‘yicha

operatsiyalar komponenti

Indeksning birja komponenti

Faoliyatdagi sub’yektlar komponenti

Yangi savdo markalari komponenti

O‘zbekiston Respublikasi

1026

1,0091

1,0369

1,0269

1,0577

Navoiy viloyati

1458

0,9619

2,0000

1,0520

3,0000

Jizzax viloyati

1384

0,9823

2,0000

1,0392

0,4000

Buxoro viloyati

1368

0,9224

2,0000

1,0469

0,5000

Sirdaryo viloyati

1294

0,9766

1,7659

1,0496

0,5000

Andijon viloyati

1163

1,0015

1,1682

1,0248

4,0000

Farg‘ona viloyati

1159

0,9596

1,3822

1,0352

1,4211

Xorazm viloyati

1122

1,0134

1,2734

1,0352

1,0000

Surxondaryo viloyati

1076

1,0096

1,2610

0,9931

0,0000

Toshkent viloyati

1068

0,9129

1,2348

1,0298

0,9459

Samarqand viloyati

1062

1,0163

1,0795

1,0265

1,6111

Qoraqalpog‘iston Respublikasi

1040

0,9602

1,1748

1,0283

0,2500

Namangan viloyati

1040

0,9657

1,1354

1,0137

0,8182

Toshkent shahri

1026

1,0408

0,9995

1,0470

1,0391

Qashqadaryo viloyati

984

0,9763

1,0536

1,0048

0,0000

O‘zbekiston Respublikasi va mintaqalar bo‘yicha IFI komponentlarining o‘tgan yilning mos oyiga nisbatan o‘zgarishi

Mintaqalar

IFI

Hisoblar bo‘yicha

operatsiyalar komponenti

Indeksning birja komponenti

Faoliyatdagi sub’yektlar komponenti

Yangi savdo markalari komponenti

O‘zbekiston Respublikasi

1160

0,9921

1,3778

1,0490

1,0154

Samarqand viloyati

1534

0,9126

2,0000

1,0914

5,8000

Qoraqalpog‘iston Respublikasi

1353

0,7682

2,0000

1,0210

2,0000

Jizzax viloyati

1352

0,8633

2,0000

1,0659

0,5000

Buxoro viloyati

1339

0,7927

2,0000

0,9821

1,5000

Surxondaryo viloyati

1302

0,8368

2,0000

0,9489

0,0000

Toshkent shahri

1228

1,1626

1,4115

1,0643

0,7352

Navoiy viloyati

1177

0,8492

1,3861

1,0703

3,0000

Farg‘ona viloyati

1167

0,8412

1,4701

1,0619

1,6875

Xorazm viloyati

1141

0,8419

0,8852

1,0092

9,0000

Sirdaryo viloyati

1098

0,8329

1,4569

0,9509

0,5000

Toshkent viloyati

1069

0,7366

1,3560

1,0121

1,5217

Andijon viloyati

1008

0,8902

0,8885

1,0964

3,3333

Namangan viloyati

943

0,8494

0,9500

1,0332

1,2857

Qashqadaryo viloyati

876

0,8780

0,8632

1,0177

0,0000


Maqolani ulashing

O'xshash yangiliklar