O‘zbekiston iqtisodiyoti rivojlanish dinamikasi va yangi drayverlar shakllanishi

O‘zbekiston iqtisodiyoti rivojlanish dinamikasi va yangi drayverlar shakllanishi

Ushbu o‘zgarishlar O‘zbekistonga dastlabki prognozlardan oshib o‘tish imkonini berdi hamda iqtisodiyotdagi tarkibiy o‘zgarishlarning barqarorligini ta’minladi.

So‘nggi sakkiz yil davomida mamlakat iqtisodiyoti sifat jihatidan tubdan o‘zgardi. Agar 2017–2018 yillarda yalpi ichki mahsulot 59 milliard dollarni tashkil etgan bo‘lsa, 2023 yilga kelib bu ko‘rsatkich 101 milliard dollarga yetdi. Bu dastlab belgilangan maqsaddan uch yil oldin amalga oshirildi. Dinamika saqlanib qolmoqda: 2024 yilda YaIM o‘sishi 6,5 foiz bo‘ldi, 2025 yilning birinchi yarmida esa 7,2 foizga yetdi va 63 milliard dollardan oshdi. Xulosa qilib aytganda, joriy yil yakunida YaIM 130 milliard dollardan oshib ketishi kutilmoqda.

Bunday trayektoriya Prezident Shavkat Mirziyoyev tashabbusi bilan amalga oshirilgan keng ko‘lamli islohotlar tufayli yuzaga keldi. Ular valyutani erkin konvertatsiya qilish, soliq tizimini modernizatsiya qilish, kambag‘allikni qisqartirish va iqtisodiyotning strategik tarmoqlarini qo‘llab-quvvatlash choralarini o‘z ichiga oldi.

«Iqtisodiy sharh» jurnali tahririyati mazkur intervyuning asosiy jihatlarini e’lon qiladi. Ularda amalga oshirilgan islohotlar iqtisodiyotning tarkibiy transformatsiyasini qanday ta’minlagani, qaysi tarmoqlar asosiy drayver sifatida namoyon bo‘lgani hamda O‘zbekiston rivojlanish dinamikasi uzoq muddatli barqaror o‘sish trayektoriyasini shakllantirayotgani ochib beriladi.

O‘zbekiston YaIM hajmi 2018 yilda 59 milliard dollar atrofida bo‘lgan bo‘lsa, Jahon banki ma’lumotlariga ko‘ra, 2024 yil yakuni bilan mamlakatimiz YaIM 115 milliard dollarga yetdi. Bu jahon tajribasida katta o‘zgarishlardan biri sifatida qayd etilmoqda.

2017 yilda iqtisodiyotda infratuzilma va qator sohalarga investitsiyalar deyarli tikilmagan bo‘lsa, keyingi yillarda faol investitsiya siyosatining amalga oshirilishi hal qiluvchi omil bo‘ldi. Shu davr mobaynida iqtisodiyotga 240 milliard dollardan ortiq investitsiya yo‘naltirildi, shundan 130 milliard dollari xorijiy investitsiyalarni tashkil etdi. Bu esa O‘zbekiston iqtisodiyotiga xalqaro hamkorlarning ishonchi yuqori ekanini tasdiqlaydi.

Sanoatda ham katta o‘zgarishlar kuzatildi. Masalan, to‘qimachilik sohasi ishlab chiqarishi 2017 yilga nisbatan uch barobarga o‘sib, 10 milliard dollarga yetdi.

Avtomobil bozori 4 milliard dollardan 12 milliard dollargacha kengaydi.

Elektrotexnika sohasida esa ishlab chiqarish hajmi 3 trillion so‘mdan 30 trillion so‘mdan ortiqqa ko‘tarildi. Shuningdek, elektrotexnika mahsulotlari eksporti deyarli bo‘lmagan, hozirda esa 7-8 barobar oshib, 1,3 milliard dollarlik elektrotexnika mahsulotlari eksport qilyapmiz.

2022–2026 yillarga mo‘ljallangan taraqqiyot strategiyasida YaIMni 2026 yilga qadar 100 milliard dollarga yetkazish maqsadi belgilangan edi. Biroq O‘zbekiston bu ko‘rsatkichga 2024 yilning o‘zida erishdi.

Xalqaro valyuta jamg‘armasi prognozlariga ko‘ra, 2025 yilda aholi jon boshiga to‘g‘ri keladigan daromadlar ilk bor 3,5 ming dollarga yetadi. 2030 yilga kelib esa mamlakatimiz aholi jon boshiga 5,2 ming dollar daromadga ega davlatlar qatoriga kiradi. Mavjud salohiyat va izchil iqtisodiy siyosat tufayli O‘zbekistonda yangidan-yangi imkoniyatlar kengayishi va barqaror o‘sish jarayoni izchil davom etishi kutilmoqda.

Maqolani ulashing

O'xshash yangiliklar