Jahon matbuoti şarhi

Jahon matbuoti şarhi

AQŞning yirik texnologik kompaniyalari BMTning sunʼiy intellekt böyiça iqlim taşabbusini qöllab-quvvatlamadi (Reuters)

COP31 iqlim konferensiyasida sunʼiy intellektning atrof-muhitga taʼsirini kamaytirişga qaratilgan Antalya AI Pledge xalqaro taşabbusi taqdim etildi. Unda maʼlumotlarni qayta işlaş markazlarini toza energiya manbalari bilan taʼminlaş, raqamli infratuzilmaning energiya samaradorligini oşiriş va uglerod çiqindilarini nazorat qiliş böyiça ixtiyoriy majburiyatlar nazarda tutilgan. Taşabbusga 9 ta davlatni öz içiga olgan 90 ta taşkilot qöşildi. Yirik texnologik kompaniyalar orasida faqat Xitoyning Alibaba kompaniyasi uni qöllab-quvvatladi. AQŞning Meta, Microsoft, Google, Amazon va Nvidia kompaniyalari esa taşabbusga qöşilmadi.

16 noyabrda eʼlon qilingan tadqiqotga köra, AQŞdagi 400 dan ortiq yirik maʼlumotlarni qayta işlaş markazlarining CO₂ çiqindilari Daniyaning yillik çiqindilariga tenglaşadi. Qayta tiklanuvçi energiya manbalariga investitsiyalar kiritilayotganiga qaramay, elektr energiyasiga talabning ortişi texnologik kompaniyalarni yangi gaz elektr stansiyalari qurilişini qöllab-quvvatlaşga undamoqda.

Yevropa Ittifoqida energetika sohasida Xitoy texnologiyalaridan foydalanişni çeklaş taklif etildi (Euronext)

Daniyaning Vestas kompaniyasi Yevropa Ittifoqini strategik ahamiyatga ega energetika infratuzilmasida Xitoy uskunalari va dasturiy taʼminotidan foydalanişga qöyiladigan talablarni kuçaytirişga çaqirdi. Kompaniya Xitoyning boşqaruv tizimlari va dasturiy taʼminoti strategik energetika obʼyektlarida xavf tuğdirişi mumkinligini taʼkidlamoqda. Şuningdek, Yevropa Ittifoqida şamol energetikasi uçun uskunalarning kamida 50 foizini Yevropada işlab çiqariş talabini joriy etiş taklif qilindi. Biroq Xitoy butlovçi qismlarini töliq taqiqlaş nazarda tutilmayapti.

Uşbu taklif Yevropa Ittifoqida energetika uskunalarining kiberxavfsizligiga oid talablar qayta körib çiqilayotgan bir paytda bildirildi. Vestas maʼlumotlariga köra, energetika obʼyektlarining ekspluatatsiya muddati 30-50 yilni taşkil etadi. Xitoy esa öz hududida örnatilgan şamol turbinalariga xorijiy işlab çiqaruvçilarning masofadan texnik xizmat körsatiş imkoniyatlarini çeklagan. Xitoyning Ming Yang kompaniyasi Yevropa turbinalariga oid maʼlumotlar mahalliy serverlarda saqlanişi va ularga masofadan kiriş faqat operatorlar ruxsati bilan amalga oşirilişini bildirmoqda.

https://live.euronext.com/en/financial-news/vestas-boss-calls-tougher-eu-rules-chinese-software-wind-sector

Amazon Hindistonning qayta tiklanuvçi energetika sohasiga 7 mlrd dollar investitsiya kiritadi (Amazon)

Amazon kompaniyasi 2030 yilgaça Hindistonda qayta tiklanuvçi energiya manbalari loyihalariga 7 mlrd dollar investitsiya kiritişni rejalaştirmoqda. Uşbu mablağ kompaniya tomonidan elektr energiyasini xarid qiliş böyiça avval tuzilgan 4 mlrd dollarlik şartnomalarga qöşimça ravişda yönaltiriladi. Natijada amaldagi şartnomalar va rejalaştirilgan investitsiyalarning umumiy qiymati 11 mlrd dollarga yetadi. Investitsiya dasturi qayta tiklanuvçi manbalardan elektr energiyasi işlab çiqarişni köpaytiriş va ösib borayotgan talabni qondirişga qaratilgan.

Avvalgi şartnomalar doirasida Amazon umumiy quvvati 934 MVt bölgan törtta yangi quyoş va şamol energetikasi loyihasini ham eʼlon qildi. Ular işga tuşirilgaç, kompaniyaning Hindistondagi energetika loyihalari umumiy quvvati 2 GVtdan oşadi. Bu 3,5 mlndan ortiq hind xonadonining yillik elektr energiyasi isteʼmoliga teng. Mazkur investitsiyalar Amazon kompaniyasining 2030 yilgaça isteʼmol qilinadigan elektr energiyasining uglerod siğimini 2019 yilga nisbatan 65 foizga kamaytiriş böyiça yangi global maqsadiga erişişga ham xizmat qiladi.

Maqolani ulaşing

Öxşaş yangiliklar