Xitoy öz sunʼiy intellekt modellarini rivojlantirişda AQŞ modellaridan foydalanmoqda (Reuters)
Xitoy texnologiya kompaniyalari öz sunʼiy intellekt (SI) modellarini Amerika tizimlarining javoblari asosida öqitiş imkonini beruvçi “distillyasiya” usulidan foydalanişni kengaytirmoqda. Reuters Xitoyning 300 dan ortiq ilmiy naşrlari, patentlari, korporativ va davlat hujjatlarini örganib, uşbu texnologiya mamlakat SI sanoatida keng qöllanilayotganini aniqladi. Alibaba, Meituan va Şanxay Szyaotun universiteti tadqiqotçilari öquv maʼlumotlarini tayyorlaş va öz tizimlarini takomillaştiriş uçun OpenAI modellaridan foydalangan. Bu yondaşuv hisoblaş xarajatlarini kamaytiriş va AQŞning ilğor mikrosxemalar yetkazib berişga qöygan çeklovlari taʼsirini yumşatiş imkonini beradi.
Amerika SI modellari natijalaridan raqobatçi tizimlarni öqitişda ommaviy foydalaniş intellektual mulk huquqlarini buzadi, degan eʼtirozlarni keltirib çiqarmoqda. Xitoy tomoni esa “distillyasiya”ni SI texnologiyalarini işlab çiqişda keng tarqalgan usul sifatida baholaydi. Şu bilan birga, Pekin ixçam va kam xarajat talab qiladigan modellarni sanoatga joriy etişni qöllab-quvvatlamoqda. Bu qimmatbaho hisoblaş quvvatlariga bölgan ehtiyojni oşirmasdan, SI texnologiyalaridan foydalanişni kengaytiriş imkonini beradi.
Buyuk Britaniya yoşlar uçun ijtimoiy nafaqalarni qisqartirib, bandlik dasturlarini kengaytiradi (The Independent)
Buyuk Britaniya hukumati yoşlarni ijtimoiy qöllab-quvvatlaş va bandligini taʼminlaş tizimini qayta körib çiqişni nazarda tutuvçi hisobotni taqdim etdi. 2026 yilning ikkinçi çoragida 16-24 yoşdagi 981 ming nafar yoşlar işlamagan, taʼlim olmagan va kasbiy tayyorgarlikdan ötmagan. Bu uşbu yoş toifasidagi har sakkiz nafardan biriga töğri keladi. Şu bilan birga, davlatning 18-24 yoşli yoşlarga işsizlik va nogironlik böyiça nafaqalar tölaş xarajatlari yiliga 11 mlrd dollarni taşkil etmoqda.
Prognozlarga köra, 2036 yilga borib işlamayotgan va taʼlim olmayotgan yoşlar uluşini 5 foizgaça kamaytiriş rejalaştirilmoqda. Buning uçun ijtimoiy nafaqalar beriş şartlarini qayta körib çiqiş, kasbiy taʼlim dasturlarini kengaytiriş va yoşlar bandligini qöllab-quvvatlaş böyiça yangi xizmat taşkil etiş közda tutilgan. Şuningdek, nafaqalar va işga joylaştiriş dasturlariga ajratiladigan davlat xarajatlari örtasidagi tafovutni qisqartiriş taklif etilmoqda. Hozirda işga joylaştiriş uçun sarflangan har 1 funtga 25 funt ijtimoiy tölov töğri kelsa, kelgusida bu nisbatni 1 funt bandlik va taʼlim xarajatiga 2 funt nafaqa darajasiga tuşiriş maqsad qilingan.
Dastlabki investitsiyalar hajmi 660 mln dollarga baholanmoqda. Rejalaştirilgan çora-tadbirlar natijasida 2036 yilga borib har yili 600 ming nafar yoşni iş bilan taʼminlaş yoki taʼlimga jalb qiliş közda tutilmoqda.
Norvegiya Marokaş va Indoneziyadan uglerod kreditlarini sotib oliş böyiça kelişuvlar imzoladi (Reuters)
Norvegiya 10 yil davomida Marokaşdan 8,78 mln tonna CO₂, Indoneziyadan esa 12 mln tonna CO₂ miqdoridagi çiqindilarni qisqartirişga teng uglerod kreditlarini sotib oladi. Xaridlarning umumiy ehtimoliy hajmi 20,78 mln tonna CO₂ni taşkil etadi. Kelişuvlarning moliyaviy şartlari oşkor etilmagan.
Kelişuvlar Parij bitimining 6-moddasi doirasida tuzilgan bölib, uşbu modda issiqxona gazlari çiqindilarini qisqartiriş natijalari bilan xalqaro savdo qilişni nazarda tutadi. Mazkur mexanizm Norvegiyaga boşqa mamlakatlardagi iqlim loyihalarini moliyalaştiriş imkonini beradi. Bunda tölovlar faqat çiqindilar amalda qisqartirilgani va erişilgan natijalar mustaqil ravişda tasdiqlanganidan söng amalga oşiriladi. Marokaş va Indoneziya uçun uşbu kelişuvlar qayta tiklanuvçi energiya manbalarini rivojlantirişga qöşimça moliyaviy mablağ jalb qiliş imkonini yaratadi.
WSJ, Euronext, CCTV va Reuters maʼlumotlari asosida Xitoy iqtisodiy ösişining sekinlaşişi, Germaniyaning energetika infratuzilmasiga investitsiyalari, Xitoyda avtomobilsozlik kompaniyalarining yetkazib beruvçilar bilan hisob-kitoblari ustidan nazoratni kuçaytiriş hamda maktab taʼlimiga sunʼiy intellektni joriy etiş böyiça 4 ta axborot materiali tayyorlandi.
Izoh qoldiriş