Hozirgi globallashuv jarayonida milliardlab insonlar mobil telefonsiz, internetsiz yashay olishmaydi. Shunday ekan qaysi mamlakatlarda internet narxlari eng past yoki aksincha.
So‘nggi 5 yilda dunyoda qo‘shimcha 1 milliard kishi internetga kirish imkoniyati yaratildi. Ammo uning narxlari bo‘yicha davlatlar bir-biridan keskin farqlanadi. Jumladan, eng qimmat va eng arzon ma’lumotlarga kirish o‘rtasida 30 000 % farq mavjudligi ham fikrimizni isbotlaydi. Bu haqda Moliya.uz telegram kanali ma’lumot berdi.
Dunyoda 1GB Internet narxi eng arzon mamlakatlar top beshligi:
- Hindiston $0,09
- Isroil $0,11
- Qirg‘iziston $0,21
- Italiya $0,43
- Ukraina $0,46
1GB mobil internet eng qimmat davlatlar:
- Malavi $27.41
- Benin $27.22
- Chad $23.33
- Yaman $15.98
- Botsvana $13.87
Mamlakatlar o‘rtasidagi narxlarning bunchalik katta farq bo‘lishiga asosan 4 sabab keltirishimiz mumkin:
- Infrastrukturaning mavjudligi (Misol uchun Yamanda internet tarmog‘iga ulanish uchun imkoniyat yo‘qligi);
- Faqatgina mobil internetga bog‘liqlik (mamlakat ichidagi provayderlar o‘rtasidagi raqobat tufayli narxlari tushadi. Misol Qirg‘iziston Respublikasi);
- Ma’lumotlarni kam iste’mol qilish (Ayrim Afrika mamlakatlarida internetdan 1000 barobar muhim bo‘lgan narsalar bor);
- Foydalanuvchilarning daromadiga bog‘liq (Daromadi yuqori bo‘lgan mamlakat fuqarolari mobil internet uchun yuqori haq to‘lashga qodir, hamda yuqori tezlikdagi internetni xohlashadi).
O‘zbekistonda 1GB mobil internet narxi o‘rtacha $1,34 bo‘lib, eng arzon mamlakatlar qatorida 47 o‘rinda.
Izoh qoldirish