YeTTB "Asaka” bank va “Aloqabank”ni transformatsiyalash jarayoniga e’tibor qaratdi

YeTTB

YeTTB Asaka” bank va “Aloqabank”ni transformatsiyalash jarayoniga e’tibor qaratdi

Mazkur banklarda o‘tkazilgan tahlillar natijalariga asoslanib, YeTTB banklarni transformatsiyalash bo‘yicha ssenariylar ishlab chiqadi.

Markaziy bankda Moliya vazirligi bilan hamkorlikda Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki vakillari ishtirokida uchrashuv bo‘lib o‘tdi, deb xabar bermoqda Markaziy bank matbuot xizmati.

Uchrashuv davomida tomonlar O‘zbekiston bank tizimini rivojlantirish istiqbollarini muhokama qilib, tijorat banklarini, xususan, “Asaka” bank va “Aloqabank”ni transformatsiyalash jarayoniga alohida e’tibor qaratdilar.

Hozirda mazkur banklarda o‘tkazilgan tahlillar natijalariga asoslanib, YeTTB banklarni transformatsiyalash bo‘yicha ssenariylar ishlab chiqishi qayd etildi.

Uchrashuvda YeTTB Markaziy bankning tijorat banklari kapitallashuvini oshirish, yanada ishonchli o‘sishiga erishish va iqtisodiyotning real sektorini kreditlash sifatini yaxshilash, shu jumladan, banklar kapitali tarkibiga xorijiy yangi investorlarni jalb etishga qaratilgan strategiyasini qo‘llab-quvvatlashi ta’kidlandi. Mazkur jarayonning muvaffaqiyati YeTTBga O‘zbekiston bank tizimida har tomonlama keng ko‘lamli hamkorlikni rivojlantirish uchun imkoniyat yaratadi.

Uchrashuv yakunida tomonlar davlat ulushi mavjud banklarni xususiylashtirishga tayyorlash va transformatsiyalash yo‘nalishida samarali hamkorlik qilishga ishonch bildirdilar.

Maqolani ulashing

O'xshash yangiliklar