Farg‘ona viloyati sanoat sohasining 2023 yil yanvar-sentyabr oylari yakunlari

Farg‘ona viloyati sanoat sohasining  2023 yil yanvar-sentyabr oylari yakunlari

Dastlabki ma’lumotlar bo‘yicha 2023 yilning hisobot davrida viloyat korxonalari tomonidan 23 944,6 mlrd. so‘mlik sanoat mahsulotlari ishlab chiqarilgan bo‘lib, 2022 yilning mos davriga nisbatan sanoat ishlab chiqarishining fizik hajm indeksi 103,6 % ni tashkil etdi.

Sanoat ishlab chiqarishi tarkibida eng katta ulush ishlab chiqaradigan sanoat hissasiga to‘g‘ri kelib, 22 241,9 mlrd. so‘mni, jami sanoat ishlab chiqarishidagi ulushi 92,9 %ni tashkil etdi.

Shuningdek, tog‘-kon sanoati ulushi - 0,6%, elektr ta’minoti, gaz, bug‘ yetkazib berish va sun’iy iqlim hosil qilish ulushi – 5,8%, suv ta’minoti, oqava suv, chiqindilarni yig‘ish va utilizatsiya qilish ulushi – 0,7%ni tashkil etilgani qayd etildi.

Ishlab chiqaradigan sanoat tarkibidagi to‘qimachilik mahsulotlari ishlab chiqarish (29,9%), oziq-ovqat mahsulotlari ishlab chiqarish (13,8%), boshqa nometal meneral mahsulotlar ishlab chiqarish (13,2%) va kimyo mahsulotlari ishlab chiqarish (12,9%) yo‘nalishlari eng yuqori ulushga ega bo‘ldi.

Viloyat YaHM tarkibidagi sanoat ulushi 18,1%ni tashkil etib, 2022 yil mos davriga nisbatan 1,9 punktga pasaygani kuzatildi.

Hududlar kesimida hisobot davrida viloyatda jami sanoat ishlab chiqarishidagi yuqori ulush Farg‘ona shahri (26,4%), Qo‘qon shahri (17,6%), Uchko‘prik (8,1%), Toshloq (7,4%), Qo‘shtepa (6,5%) tumanlari hissasiga to‘g‘ri keldi.

Aholi jon boshiga sanoat mahsulotlari ishlab chiqarishining taqsimlanishi, viloyat bo‘yicha o‘rtacha 5 793,6 ming so‘mni tashkil etib, yirik sanoat korxonalari joylashganligi hisobiga Farg‘ona shahri (19 912,1 ming so‘m), Qo‘qon shahri (13 819,8 ming so‘m), Quvasoy shahri (11 768,7 ming so‘m), Toshloq tumani (8 214,8 ming so‘m), va Uchko‘prik (8 118,9 ming so‘m) tumanida o‘rtacha viloyat ko‘rsatkichidan yuqori bo‘lgani kuzitildi.

Bugungi kunda viloyatda 12 597 ta sanoat korxonalari ro‘yxatdan o‘tgan bo‘lib, ulardan 7 949 tasi (yoki 63,1 %) faoliyat ko‘rsatib kelmoqda.

Iste’mol mahsulotlari ishlab chiqarish hajmi 5 279,3 mlrd. so‘mni, va 2022 yilning mos davriga nisbatan 101,3%ni, uning jami sanoatdagi ulushi esa 22%ni tashkil etgani qayd etildi.

Hududlar kesimida iste’mol mahsulotlari ishlab chiqarilishining viloyat jami hajmidagi eng yuqori ulushi Uchko‘prik tumaniga to‘g‘ri kelib, 979,9 mlrd. so‘mni (yoki jami iste’mol mahsulotlari ishlab chiqarishning 18,6%), Qo‘qon shahrida 822,7 mlrd. so‘mni (15,6%), shuningdek, Farg‘ona shahrida 504,2 mlrd. so‘mni (9,6%) tashkil etdi.

Farg‘ona viloyati bo‘yicha aholi jon boshiga iste’mol mahsulotlari ishlab chiqarilishi 1317,0 ming. so‘mni tashkil etgan. Bunda hududlar bo‘yicha Uchko‘prik tumanida 4112,7 ming so‘m, Qo‘qon shahrida 2690,9 ming so‘mga so‘mga to‘g‘ri keldi.

Abdusamatov Muzaffar
Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi
Namangan hududiy filiali
Maqolani ulashing

O'xshash yangiliklar