Farg‘ona viloyati yanvar-iyun oylarida tashqi savdo hajmi 1 049,5 mln dollarni tashkil etgan. Tashqi savdo aylanmasining o‘tgan yilning mos davriga nisbatan o‘sish sur’ati 123,5%ga yetgan.
Eksport umumiy tashqi savdo aylanmasining 40%ni tashkil qilib, 411,7 mln dollarlik tovar va 5,3 mln dollarlik xizmatlardan iborat. Eksport hajmi o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 120,3%ga o‘sgan.
Farg‘ona viloyatining eksport bo‘yicha yirik savdo hamkorlari Rossiya (133,9 mln dollar), Turkiya (64,8 mln dollar), Xitoy (41,6 mln dollar), Qirg‘iziston (31,7 mln dollar) va Afg‘oniston (23,5 mln dollar) hisoblangan. Yuqoridagi 5 ta mamlakat umumiy eksport hajmining 70,8%ini tashkil qiladi. Eksport tarkibida oziq-ovqatlar (104,5 mln dollar) va kimyoviy mahsulotlar (24,9 mln dollar)ning ulushi yuqori ekanligi qayd etilgan.
Farg‘ona viloyatining hisobot davridagi import hajmi umumiy tashqi savdo aylanmasining 60%ini tashkil qilgan. Farg‘ona viloyatining importdagi yirik hamkorlari Xitoy (205,5 mln dollar), Rossiya Federatsiyasi (138,2 mln dollar), Qozog‘iston (119,5 mln dollar), Turkiya (33,4 mln dollar) va Qirg‘iziston (26,9 mln dollar) bo‘lib, mazkur mamlakatlarning umumiy tashqi savdo aylanmasi 82,77%ni tashkil qilgan.
Import hajmi o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 125,8%ga o‘sgan. Import tarkibida mashina va uskunalar (215,7 mln dollar), energetika va neft mahsulotlari (133,5 mln dollar) va oziq-ovqat mahsulotlari (77,3 mln dollar) ulushi yuqori ekanligi qayd etilgan.
Farg‘ona viloyatining tashqi savdosi shahar va tumanlar kesimida tahlil qilinganda, Farg‘ona (242,7 mln dollar) va Qo‘qon (216,0 mln dollar) shaharlarining ulushi yuqori ekanligi kuzatilgan. So‘x (4,1 mln dollar) va Yozyovon (2,3 mln dollar) tumanlarining viloyat tashqi savdosidagi ulushi sezilarli darajada past hisoblanadi.
Izoh qoldirish