Tahlil natijalariga ko‘ra, 2022 yilning yanvar-sentyabr oylari mobaynida Farg‘ona viloyatining tashqi savdo aylanmasi hajmi $1565.8 mln.ni shundan, eksport $640.3 mln. (tovarlar - $631.8mln. , xizmatlar - $8.5 mln.) va import $925.5 mln. (tovarlar - $923.4 mln. , xizmatlar - $2 mln.) ni tashkil qilib, respublikada tashqi savdo aylanmasi ulushi bo‘yicha 4-o‘rinni egallagan. Bu o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 16% (yeksport - 9.2%, import – 6.5%)ga o‘sishni ko‘rsatadi.
MDH davlatlari bilan tovar va xizmatlar aylanmasi hajmi - $793.2 mln.ni va dunyoning boshqa davlatlari bilan $772.7 mln.ni tashkil qilgan. Mamlakatlar kesimida qaralganda, Farg‘ona viloyatining asosiy eksport ulushi Rossiya ($255 mln.), Turkiya ($77 mln.), Xitoy ($ 52 mln.) va Qirg‘iziston ($43 mln.) davlatlari xissasiga, import ulushi yesa Xitoy ($ 297 mln.), Rossiya ($193 mln.), Qozog‘iston ($167 mln.), va Turkiya ($50 mln.) davlatlari xissasiga to‘g‘ri kelgan. Yuqoridagi keltirilgan raqamlar, viloyatning savdo aylanmasi 2021 yil shu davriga nisbatan, MDH davlatlari bilan 11.4%ga, boshqa davlatlar bilan 21.1%ga o‘sishga erishilganini anglatadi.
Viloyatdagi shahar va tumanlar kesimida tashqi savdo aylanmasi dinamikasi tahlil qilinganda, Farg‘ona shahri ($311.6 mln.), Qo‘qon shahri ($311.5 mln.) va Uchko‘prik tumani ($174.8 mln.) yuqori ulush bilan oldingi o‘rinlarni egallagan. Xususan, viloyatda jami eksportyorlar soni 691 tani tashkil qilib, maxsulot eksportida, Qo‘qon shahri($139 mln.), Toshloq ($86 mln.) va Farg‘ona shahri ($62.5 mln.) yaxshi natijalarni ko‘rsatgan bo‘lsa Farg‘ona shahri ($249.7 mln.), Qo‘qon shahri($172.4 mln.) va Uchko‘prik tumani ($124.3 mln.) import faoliyati bo‘yicha yuqori ko‘rsatgichlarni qayd etgan.
Viloyatning asosiy eksport maxsulotlari tarkibini sanoat tovarlari (47.8%), oziq-ovqat maxsulotlari va tirik hayvonlar (31.3%), kimyoviy vositalar va ulardan tayyorlangan vositalar (6%) tashkil etgan. Texnika vositalari va transport asbob-uskunalari (34.6%), sanoat tovarlari (22.9%) va mineral yoqilg‘i, yog‘lash moylari va shunga o‘xshash maxsulotlar (16.9%) import qilingan tovarlarning asosiy qismini tashkil qilgan.
Izoh qoldirish