Farg‘ona viloyatining Markaziy Osiyo davlatlari bilan savdo aloqalari

Farg‘ona viloyatining Markaziy Osiyo davlatlari bilan savdo aloqalari

Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi 2021 yil yakuni bo‘yicha, Farg‘ona viloyati Markaziy Osiyo davlatlari bilan savdo aylanmasida yuz bergan o‘zgarishlar haqida ma’lumot berdi.

2021 yilda Markaziy Osiyo davlatlarining Farg‘ona viloyati tashqi savdosidagi ulushi 520 mln. dollarni yoki umumiy tashqi savdo aylanmasining 28%ni tashkil etdi. O‘tgan yilda (2020 yilga nisbatan) import hajmida 20,9%ga o‘sish, eksport hajmida 1,6%ga kamayish kuzatilgan.

Farg‘ona viloyatining Markaziy Osiyo mamlakatlari bilan tashqi savdo aylanmasida 2021 yilda (2020 yilga nisbatan) eng katta o‘zgarish Qozog‘iston hissasiga to‘g‘ri keladi: 2021 yilda tashqi savdo aylanmasi 257,6 mln AQSh dollarini tashkil etgan. Tashqi savdodagi eng kam ulush esa Tojikistonga to‘g‘ri keladi (38,3 mln AQSh dollari).

2021 yil yakuni bo‘yicha Farg‘ona viloyatining Markaziy Osiyo davlatlari bilan savdo aylanmasi hajmi:

Farg‘ona viloyati tashqi savdo aylanmasida Qozog‘istonning hissasi 257,6 mln. AQSh dollarini tashkil etib, eksport hajmi 50,2 mln. dollarga, import hajmi 207,4 mln. AQSh dollariga yetdi.

Qirg‘iziston bilan tashqi savdo aylanmasi 141,6 mln. AQSh dollarini tashkil etib, eksport hajmi 89,7 mln. AQSh dollariga, import hajmi esa 51,9 mln AQSh dollariga yetdi.

Turkmaniston bilan tashqi savdo aylanmasi 82,4 mln. dollarni tashkil etib, eksport hajmi 14,6 mln. dollarga, import hajmi esa 67,8 mln. dollarga yetdi.

Tojikiston bilan tashqi savdo aylanmasi 38,3 mln. dollarni tashkil etib, eksport hajmi 22,9 mln. dollarga, import hajmi esa 15,4 mln dollarga yetdi.

Nurdinova Shoiraxon, Namangan filiali bosh ilmiy xodimi
Noralov Sherzod, NamDU 2-kurs talabasi

Maqolani ulashing

O'xshash yangiliklar