Haydovchilar 1 yanvardan avtomobil "fara"larini yoqib yurishlari shart

Haydovchilar 1 yanvardan avtomobil

Hukumatning 09.04.2019 dagi 292-son qarori bilan “Yo‘l harakati qoidalari”ga kunning yorug‘ vaqtida barcha avtomototransport vositalari yaqinni yorituvchi chiroqlarini yoki kunduzgi signal chiroqlarini yoqib harakatlanishi shartligiga oid qoida kiritilgan edi.

Jamoatchilikning ushbu qoidaga bo‘lgan e’tirozlaridan so‘ng, Hukumat qarori bilan mazkur qoidaning amal qilish muddati 2021 yil 1 yanvarga qadar kechiktirilgan.

Shunday qilib, 1 yanvardan boshlab, kunning yorug‘ vaqtida ham yaqinni yorituvchi chiroqlarini yoki kunduzgi signal chiroqlarini yoqib harakatlanmagan haydovchilar MJtKning 128-moddasi tartibida ma’muriy javobgarlikka tortiladi.

Birinchi marta sodir etilganda 111 500 so‘m, bir yil ichida takror sodir etilsa 223 ming so‘m va 3-marta sodir etilsa 669 ming so‘m jarima solinadi.

Agar 1 yil ichida 3 martadan ko‘p sodir etilsa 892 ming so‘m jarima yoki transport vositasini boshqarish huquqidan 6 oy muddatga mahrum etishga sabab bo‘lishi mumkin.

Maqolani ulashing

O'xshash yangiliklar