Hududlar toifasiga qarab avtomobillarning harakatlanishiga bo‘lgan cheklovlar olib tashlanadi

Hududlar toifasiga qarab avtomobillarning harakatlanishiga bo‘lgan cheklovlar olib tashlanadi

Shaxsiy avtomobillarning harakati bo‘yicha cheklovlarni 2020 yil 18 maydan boshlab bosqichma-bosqich bekor qilish yuzasidan quyidagi tartib joriy etilmoqda:

“Yashil” toifadagi hududlarda:

  • Respublika maxsus komissiyasi yig‘ilishining 2020 yil 6 maydagi 21-son bayoni bilan avtotransport vositalarining maxsus ruxsatnomasiz (stikersiz) harakatlanishiga ruxsat berilgan;

“Sariq” toifadagi hududlarda:

  • soat 06.00dan – 22.00 ga qadar bo‘lgan vaqt oralig‘ida avtotransport vositalarining maxsus ruxsatnomasiz (stikersiz) harakatlanishiga ruxsat berilsin. Bunda avtotransport vositalarining salonida 4 kishidan ortiq bo‘lmasligi lozim;

“Qizil” toifadagi hududlarda:

  • avtotransport vositalarining maxsus ruxsatnomasiz (stikersiz) harakatlanishiga faqatgina kunning muayyan vaqtida (07.00 dan – 10.00 gacha, 17.00 dan – 20.00 gacha) fuqarolarning ish joyiga borib-kelishi, tibbiy buyumlar, dori vositalari, oziq-ovqat va birinchi galdagi mahsulotlarni xarid qilish uchun harakatlanishiga ruxsat beriladi.
Maqolani ulashing

O'xshash yangiliklar

So'nggi yangiliklar