Hunarmandchilik loyihalarini amalga oshirish uchun 100 mln AQSh dollariga teng kredit ajratiladi

Hunarmandchilik loyihalarini amalga oshirish uchun 100 mln AQSh dollariga teng kredit ajratiladi

3 yil ichida hunarmandchilik loyihalarini amalga oshirish uchun 100 mln AQSh dollariga teng kredit resurslari ajratildi. Bu haqda AOKA press-xolida tashkil etilgan matbuot anjumanida Respublika «Hunarmand» uyushmasi raisi Ulug‘bek Abdullayev ma’lum qildi.

“Bu kredit mablag‘lari hisobiga bugungi kunga kelib 158 ming hunarmand-shogirdlarimiz bandligi ta’minlandi”, deydi Ulug‘bek Abdullayev.

100 mln dollar jalb qilinishi evaziga 28 000 ta, ya’ni qariyb 891 mlrd so‘mlik loyihalar amalga oshirildi. Hududlar kesimida olib qaraganda ham, masalan Farg‘ona, Andijon, Namangan, Samarqand, Xorazm viloyatlari va Qoraqalpog‘iston respublikasida ham loyihalar soni va qiymati oldingi yillarga nisbatan oshgan.

Kreditning asosiy qismi yangi asbob-uskunalarni xarid qilish, xomashyoga yo‘naltirildi.

Maqolani ulashing

O'xshash yangiliklar