2022 yil 1-yarim yilligi yakunlariga ko‘ra Jizzax viloyati iqtisodiyoti asosiy tarmoqlari yuqori o‘sish sur’atlariga erishdi.
Yil yakunlariga ko‘ra yalpi hududiy mahsulot (YaHM) hajmi 10,8 trln.so‘mni, o‘sish sur’atlari 104,5% ni, YaHM tarkibidagi qishloq, xo‘jaligi ulushi 42,0% (2021 yilning mos davriga nisbatan 3 punktga kam), sanoat ulushi 15,9% (+3,1), qurilish ishlari ulushi 7,2% (-0,5), xizmatlar ulushi 34,9% (+0,4), tashkil etdi.
Ayrim sohalarda yuqori o‘sish sur’atlari kuzatildi, jumladan, iste’mol tovarlari ishlab chiqarish o‘sish sur’atlari 142,5% (2-o‘rin), chakana savdo aylanmasi 122,0% (1-o‘rin)ni tashkil etdi.
Viloyat jon boshiga ayrim iqtisodiy ko‘rsatkichlarda respublikada yuqori o‘rinlarda. Jumladan, aholi jon boshiga qishloq xo‘jaligi mahsulotlari ishlab chiqarishda (5247,8 ming.so‘m) 3-o‘rin, iste’mol tovarlari ishlab chiqarishda (2 961,6 ming.so‘m) 4-o‘rin, chakana savdo aylanmasida (3465,0 ming so‘m) 5-o‘rin, YaHM hajmida (7432,9 ming.so‘m)da 6-o‘rinda.
O‘sish sur’atlari va aholi jon boshiga ko‘rsatkichlar yuqoriligiga qaramasdan ayrim sohalarda viloyatning respublika iqtisodiyotidagi ulushi pastligicha qolmoqda.
Jumladan, YaIM (2,8%), sanoat (2,1%), xizmat (2,3%), qurilish ishlarida (2,8%) sohalarida 13-o‘rinda.
Izoh qoldirish