Infografika: 2022 yilda Sirdaryo viloyatini ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilmasini rivojlantirish chora tadbirlari

Infografika: 2022 yilda Sirdaryo viloyatini ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilmasini rivojlantirish chora tadbirlari

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 22 yanvardagi PQ-98 qarori bilan 2022 yilda Sirdaryo viloyatida qiymati 466 535,4 mln.so‘m bo‘lgan 78 loyihalar amalga oshirilishi belgilangan.

Belgilangan mablag‘larning 19,7% (91,8 mlrd.so‘m) ijtimoiy sohadagi 15 ta, 2,5% (11,6 mlrd.so‘m) muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlaridagi 5 ta, 35,8% (167,2 mlrd.so‘m) irrigatsiya-melioratsiya tadbirlari doirasidagi 40 ta, 15,3% (71,5 mlrd.so‘m) mahallalarni rivojlantirish dasturlari uchun, 16,1% (75,0 mlrd.so‘m) yo‘l transport infratuzilmasini rivojlantirish doirasidagi 4 ta va 10,6% (49,5 mlrd.so‘m) boshqa tadbirlar doirasidagi 14 ta loyihalarga ajratilgan.

Dastur doirasida 2 ta maktabgacha ta’lim muassalari, 1 ta sport ob’yekti, 64,9 km ichimlik suvi tarmoqlari va 8 ta suv inshoatlari, 19,5 km irrigatsiya kanallari qurilishi rejalashtirilgan.

Feruz Rahimov, Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi

Maqolani ulashing

O'xshash yangiliklar