2018 yildan boshlab Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi va Rivojlanish strategiyasi markazi tomonidan Jahon banki ko‘magida amalga oshirilayotgan "O‘zbekiston fuqarolarini tinglab" (O‘FT) loyihasi mamlakat bo‘ylab har oyda 4000 xonadondan kelgan respondentlarning fikri va farovonligini tahlil qilish uchun so‘rov o‘tkazmoqda. So‘rovda, shuningdek, O‘zbekistonning barcha hududlaridagi 600 ta mahalla raislari ham ishtirok etmoqda.
Loyihani amalga oshirish davomida to‘plangan ma’lumotlar aholi orasida kambag‘allik darajasini kamaytirish, aholining zaif qatlamlari, jumladan, ayollar, kam ta’minlangan oilalar va ishsizlar uchun pandemiyaning ijtimoiy-iqtisodiy oqibatlarini yumshatish bo‘yicha davlat chora-tadbirlarini ishlab chiqishda hamda inqirozdan keyingi davrda O‘zbekiston iqtisodiyotini tiklash dasturlarini rejalashtirishda hisobga olinadi.
Izoh qoldirish