Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi (CERR) infografikasida O‘zbekistonda minimal iste’mol xarajatlari bahosining dastlabki hisob-kitoblari metodikasi va tuzilishi keltirilgan.
MIX hisob-kitobining asosiy maqsadi kambag‘al yoki ijtimoiy himoyaga muhtoj kishilarni aniqlash va ularning asosiy ehtiyojlarini ta’minlashdan iborat.
Minimal iste’mol xarajatlarini aniqlash juda murakkab va vaqt talab qiluvchi vazifadir.
Misol uchun, Rossiyada yashash qiymati va eng kam ish haqini aniqlash uchun 10 yil vaqt ketdi.
MIX 2019 yilda o‘rganilgan 10 ming uy xo‘jaliklarining iste’mol xususiyatlarini hisobga olgan holda butun respublika uchun belgilanadi.
MIXni hisoblash ishlari Jahon bankining xalqaro ekspertlari bilan birgalikda olib borildi.
MIXni hisoblash xalqaro miqyosda tan olingan hisoblash metodologiyasiga asoslangan bo‘lib, dunyoning aksariyat mamlakatlari va xalqaro tashkilotlar tomonidan kambag‘allikka qarshi kurashishda keng qo‘llaniladi.
Uy xo‘jaliklarining har bir a’zosiga o‘rtacha minimal iste’mol xarajatlari 440 000 so‘mni tashkil qildi (oziq-ovqat - 69% va nooziq-ovqat - 31%).
Hisoblash aholining iste’mol ehtiyojlari uchun o‘rtacha minimal xarajatlar smetasiga asoslanadi.
O‘zbekistonda MIX darajasi (440 ming so‘m) aholi jon boshiga YaIM darajasining 27% ni tashkil etadi. Taqqoslash uchun, Qozog‘istonda bu ko‘rsatkich 11%, Turkiyada 17%, Rossiyada 19% ni tashkil etadi.
MIXni hisob-kitobi asosida aholiga davlat tomonidan to‘lanadigan to‘lovlar darajasini aniqlash hukumatning fikrlar asosida qaror qabul qilish usulidan faktlar va empirik natijalarga asoslangan usulga o‘tish niyatidan dalolat beradi.
Izoh qoldirish