Infografika: 2017-2020 yillarda O‘zbekiston moliya tizimining asosiy ko‘rsatkichlari

Infografika: 2017-2020 yillarda O‘zbekiston moliya tizimining  asosiy ko‘rsatkichlari

2018-2020 yillarda kredit tashkilotlari soni 55 taga etdi, shu jumladan 4 ta tijorat banklari (Poytaxt bank, Tenge bank, Tenge Bank, TBC Bank, Anor Bank), 33 ta mikrokredit tashkilotlari va 18 ta lombardlar.

2021 yil 1 yanvar holatiga ko‘ra, tijorat banklari aktivlari 366,1 trln. so‘mga yetdi va 2017 yilga nisbatan 120 foizga o‘sdi. Ushbu davrda o‘rtacha yillik real o‘sish (devalvatsiyani hisobga olmagan holda) 24,1 foizni tashkil etdi.

Valyuta siyosatining liberallashtirilishi natijasida bank sektorida dollarlashuv darajasi sezilarli darajada pasaydi. Xususan, 2017 yilda banklarning xorijiy valyutadagi aktivlarining jami aktivlaridagi ulushi 64 foizni tashkil etgan bo‘lsa, 2020 yilda ushbu ko‘rsatkich 50,2 foizgacha kamaydi. Shuningdek, ushbu davrda xorijiy valyutadagi kreditlar ulushi 62,3 foizdan 49,9 foizgacha, xorijiy valyutadagi depozitlar ulushi esa 48,4 foizdan 43,1 foizgacha kamaydi.

Kreditlar real o‘sishi yiliga o‘rtacha 38,6 foizni tashkil etdi. 2021 yil 1 yanvar holatiga iqtisodiyotga berilgan kreditlar umumiy hajmi 277 trln. so‘mni tashkil etdi va 2017 yilga nisbatan 150 foizga oshdi.

Mazkur davrda depozitlarning o‘rtcha yillik real o‘sish sur’ati 18,5 foizni tashkil etdi.

To'liq sharhni havola orqali o'qishingiz mumkin.


Maqolani ulashing

O'xshash yangiliklar