Markaz ekspertlari viloyatda so‘nggi yillarida yuz bergan faol islohotlarning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishidagi asosiy o‘zgarishlarini taqdim etdi.
2017-2020 yillar davomida viloyatning yalpi hududiy mahsuloti (YaHM) 9,8% ga oshib, 20 trln. so‘mdan 36 trln so‘mga yetdi.
Shu davr mobaynida YaHMning xizmatlar sohasi 29,2 foizdan 32,7 foizga, qishloq xo‘jaligi 35,8 foizdan 40,3 foizga o‘sdi.
Bozor xizmatlari 32% ga ko‘payib, 5,1 trln. so‘mdan 10,3 trln so‘mga yetdi.
So‘nggi besh yilda sanoat mahsulotlari ishlab chiqarish 9,6 trln so‘mdan 14,6 trln so‘mga yetib, 5,9% ga oshdi.
Qishloq xo‘jaligi mahsulotlari ishlab chiqarish 4,4% ga o‘sib, 2016 yildagi 11,1 trln. so‘mdan 2020 yilda 24,5 trln. so‘mni tashkil etdi.
Viloyatda faoliyat ko‘rsatayotgan korxonalar soni 2016 yildagi 36,3 ming donadan 2020 yilda 46,6 ming donaga 28 % ko‘paydi.
Infratuzilmani rivojlantirish sohasida 2016-2020 yillarda 29 km gaz quvurlari, 73 km avtomobil yo‘llari va 581 km suv ta’minoti tarmoqlari yotqizildi.
Shu davr mobaynida 140 mingga yaqin yangi ish o‘rni yaratildi.
O‘tgan besh yil davomida viloyatda 5 543 ming kvadrat metr uy-joy foydalanishga topshirildi, maktabgacha ta’lim muassasalarida 12,6 ming o‘rin, maktablarda 54,3 ming o‘rin, shifoxonada 3,1 ming o‘ringa mo‘ljallangan koyekalar joylashtirildi.
Qashqadaryo viloyati qishloq xo‘jalik mahsulotlarini yetishtirish hamda yoqilg‘i resurslarini qazib olish bo‘yicha O‘zbekistonda muhim o‘rin egallaydi.
Shuningdek, respublikada eng ko‘p don va paxta yetkazib beradigan viloyatdir.
Sanoatining yetakchi tarmoqlari: — tabiiy gaz va neft qazib olish, gazni qayta ishlash, paxta tozalash, yog‘ ekstraksiyasi, qurilish materiallari ishlab chiqarish, ip yigiruv, tikuvchilik, oziqovqat va boshqalardir.
Eng yirik korxonalari: Muborak neftgaz unitar korxonasi, Sho‘rtan gaz unitar korxonasi, Muborak gazni qayta ishlash zavodi, Sho‘rtan gaz kimyo majmuasi, Qarshi, Koson yog‘ekstraksiya, Shahrisabz konserva zavodlari, Shahrisabz pillakashlik, Qarshi tikuvchilik fabrikalari, Qashqadaryo marmar aksiyadorlik jamiyati va boshqa qo‘shma korxonalar faoliyat ko‘rsatadi,
Viloyat hududidagi dastlabki Qashqadaryo viloyatida gaz (propan), jun, paxta tolasi, momiq, polietilen, tomat pastasi, turli xil plitalar ishlab chiqariladi.
Qishloq xo‘jaligining asosiy tarmoqlari: g‘allachilik, paxtachilik, kartoshkachilik, polizchilik, sabzavotchilik, chorvachilik. Bog‘dorchilik, tokchilik, ipakchilik ham salmoqli o‘rin tutadi. Chorvachiligi go‘sht-sut yetishtirishga ixtisoslashgan. Qoramolchilik, qo‘ychilik, parrandachilik rivojlangan. Muborak, Mirishkor, Nishon, G‘uzor tumanlarida qorako‘lchilikka ixtisoslashgan yirik naslchilik xo‘jaliklari mavjud. Asalarichilikka ham katta e’tibor berilgan.
Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi
Jamoatchilik bilan aloqalar bo‘limi
Izoh qoldirish