Infografika: O‘zbekiston Respublikasi shahar, viloyat va tumanlar reytingi

Infografika: O‘zbekiston Respublikasi shahar, viloyat va tumanlar reytingi

2020 yilda O‘zbekistonning barcha hududlarida biznesning rivojlanish darajasi "Biznes-ko‘rsatkich" axborot tizimi orqali o‘rganildi, deb xabar berdi Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi matbuot xizmati.

Baholash natijalariga ko‘ra, tarbirkorlikni rivojlantirishning eng yuqori darajasi Toshkent shahrida qayd etildi. Eng past ko‘rsatkichlar Qashqadaryo, Surxondaryo va Samarqand viloyatlarida qayd etildi.

Bektemir, Mo‘ynoq, Qo‘rg‘ontepa, Yakkasaroy va Karmana tumanlari yetakchi bo‘ldi. Baxmal, Buvayda, Tuproqqal’a, Uchko‘prik, Samarqand, Bekobod va Yangiyo‘l tumanlari reytingda so‘nggi o‘rinlarni egalladi.

Ekspertlarning ta’kidlashicha, so‘nggi yillarda mamlakatda biznes yuritish uchun shart-sharoit sezilarli darajada yaxshilandi. Shu bilan birga, koronavirus epidemiyasi tufayli tadbirkorlar qator muammolarga duch keldi – masalan, yil davomida muddati o‘tgan kreditlar miqdori 63% ga oshdi.


Maqolani ulashing

O'xshash yangiliklar