Surxondaryo viloyatining 2023 yil 9 oylik va 2022 yil yakuni bo‘yicha tashqi savdo aylanmasi

Surxondaryo viloyatining 2023 yil 9 oylik va 2022 yil yakuni bo‘yicha tashqi savdo aylanmasi

2023 yilning 9 oy davomida viloyatning tashqi savdo aylanmasi $234,2 mln.ni (respublikadagi ulushi 0,5%) tashkil qilib, 2022 yilga nisbatan 17,6%ga kamaydi. Tashqi savdoda eksportning ulushi 62,8% (2022 yilga nisbatan 90,8%)ni, import esa 37,2% (71,2%)ni tashkil etgan.

Surxondaryo viloyati jahonning 54 mamlakati bilan savdo aloqalarini amalga oshirib kelmoqda. Tashqi savdo aloqalarining nisbatan salmoqli hissasi XXR (23%), Pokiston (22,3%) davlatlari bilan qayd etilgan.

Viloyat tashqi savdo aylanmasi tarkibida eng yuqori ulushni Denov tumani 16,7% bilan 39,1 mln AQSh dollarini, eng quyi ulushni esa Bandixon tumani 1,8% bilan 4,1 mln AQSh dollarini tashkil etgan.

Eksport. Tahlil qilinayotgan davr mobaynida eksport hajmi $147,0 mln.ni tashkil qilgan. Eksport tarkibida oziq-ovqat mahsulotlari49,1%, sanoat mahsulotlari36,9%, tayyor buyumlar6,7%, nooziq-ovqat xom-ashyolar (yoqilg‘idan tashqari) – 3,3%, xizmatlar2,7%, mineral yoqilg‘i, yog‘lash moylari0,4%, mashina va uskunalar0,2%ni tashkil etgan.

2023 yil yanvar-sentyabr oylarida tashqi savdo aylanmasida tovarlar va xizmatlar eksporti bo‘yicha asosiy hamkorlar Afg‘oniston, XXR, Pokiston, Rossiya Federatsiyasi, Qozog‘iston, Turkiya va Tojikiston kabi davlatlar bo‘lgan. Ularning umumiy eksportdagi ulushi 92,3%ni tashkil etdi.

Shuningdek, eksport tarkibida MDH davlatlarining ulushi 17,4%ni tashkil qilgan.

Import. Tahlil qilinayotgan davr mobaynida import hajmi $87,2 mln.ni (respublikadagi ulushi 0,6%) tashkil qilgan. Import tarkibida mashina va transport asbob-uskunalari – 46,4%, sanoat tovarlari – 18,9%, oziq-ovqat mahsulotlari – 24,9%, kimyoviy vositalar – 3,3%, mineral yoqilg‘i, yog‘lash moylari – 2%, nooziq-ovqat xom-ashyolar (yoqilg‘idan tashqari) – 1,3%, tayyor buyumlar – 1,9%ni tashkil qilgan.

2023 yil yanvar-sentyabr oylarida Qashqadaryo viloyati 41 ta davlatdan tovar va xizmatlar importini amalga oshirdi. Yetti yirik hamkor davlatlar (XXR, Pokiston, Qozog‘iston, Turkiya, Tojikiston, Rossiya Federatsiyasi, Italiya) jami importning 75%ni tashkil etdi. Import tarkibida MDH davlatlarining ulushi esa 27,6%ni tashkil qilgan.

2022 yil yakunlari bo‘yicha tashqi savdo aylanmasi

2022 yil yanvar-dekabr holatiga ko‘ra viloyatning tashqi savdo aylanmasi $372,8 mln.ni tashkil qilib, 2021 yilga nisbatan 15,8%ga kamaydi. Tashqi savdoda eksportning ulushi 61,1% (2021 yilga nisbatan 96,8%)ni, import esa 38,9% (70,1%)ni tashkil etgan.

Сурхондарё вилоятининг 2022 йил якунлари бўйича ташқи савдо айланмаси

Surxondaryo viloyati jahonning 60 ta mamlakatlari bilan savdo aloqalarini amalga oshirib kelmoqda. Tashqi savdo aylanmasining asosiy qismi Xitoy (20,7%), Rossiya (19,6%), Pokiston (18,7%), Qozog‘iston (13,4%), Turkiya (6%), Afg‘oniston (5%), Qirg‘iziston (2,5%), Eron (1,7%) va Germaniya (1,2%) davlatlari hissasiga to‘g‘ri keladi.

Tashqi savdo aylanmasini tuman (shahar)lar kesimida solishtirilganda eng yuqori ulush Denov tumani (jami savdo aylanmasining 15,5%) hissasiga, eng past ulush esa Bandixon tumani (1,6%) hissasiga to‘g‘ri kelgan.

Eksport. Tahlil qilinayotgan davr mobaynida viloyatdagi eksportyorlar soni 287 tani tashkil qilib, ular tomonidan $227,6 mln dollarlik tovar va xizmatlar eksport qilindi. Eksport tarkibida oziq-ovqat mahsulotlari – 55,4%, sanoat mahsulotlari – 35,2%, nooziq-ovqat xom-ashyolar (yoqilg‘idan tashqari) – 4,8%, xizmatlar – 2,1%, tayyor buyumlar – 1,7%ni tashkil etgan.

Eksport bo‘yicha asosiy hamkor davlatlar tarkibida Pokiston (20,8%), Xitoy (20,1%), Qozog‘iston (16,9%), Rossiya (13,9%) davlatlari asosiy yetakchi hamkor davlatlar bo‘lgan.

Import. 2022 yilda import hajmi $145,2 mln.ni tashkil qilgan. Import tarkibida sanoat tovarlari – 38,9%, mashina va transport asbob-uskunalari – 29,7%, oziq-ovqat mahsulotlari va tirik hayvonlar – 23%, kimyoviy vositalar – 3,6%, tayyor buyumlar – 3%ni tashkil qilgan.

Tahlil qilinayotgan davrda Surxondaryo viloyatiga dunyoning 46 ta davlatidan tovar va xizmatlar import qilingan. Importning uchdan bir qismi Rossiya, Xitoy, Pokiston, Qozog‘iston, Tojikiston, Turkiya Hindiston davlatlari hissasiga to‘g‘ri keladi. Import tarkibida eng yuqori ulushni Sariosiyo tumani (25,3%), eng past ulushni esa Bandixon tumani (0,6%) tashkil etgan.

Eldor Zayniddinov
Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotar markazi
Qashqadaryo filiali ilmiy xodimi

Maqolani ulashing

O'xshash yangiliklar