Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi xodimlarining mamlakatimiz taraqqiyotiga qo‘shayotgan hissasi yuqori baholandi

Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi xodimlarining mamlakatimiz taraqqiyotiga qo‘shayotgan hissasi yuqori baholandi

O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi xalqimiz siyosiy-huquqiy tafakkurining yorqin ifodasi sifatida demokratik davlat va kuchli fuqarolik jamiyatini barpo etish, aholining erkin va obod turmushini ta’minlash, mamlakatning xalqaro maydondagi obro‘-e’tiborini yuksaltirish hamda barcha sohalarda islohotlarni muvaffaqiyatli amalga oshirishda mustahkam poydevor bo‘lib xizmat qilmoqda.

O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganining 30 yilligi munosabati bilan, shuningdek, mamlakatimiz mustaqilligini mustahkamlash, uning iqtisodiy, siyosiy, ijtimoiy, ilmiy, ma’naviy salohiyatini yuksaltirish, mudofaa qudratini oshirishga munosib hissa qo‘shib kelayotgan yurtdoshlarimizni taqdirlash maqsadida “O‘zbekiston Konstitutsiyasining 30 yilligi” esdalik nishoni ta’sis etildi.

Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi bir guruh xodimlarining ham mamlakatimiz taraqqiyotiga qo‘shayotgan hissasi yuqori baholanib, Markazning 5 nafar ilmiy xodimlari ilk marta ta’sis etilgan ushbu esdalik nishoni bilan taqdirlanishdi.


Maqolani ulashing

O'xshash yangiliklar