Iste’mol krediti jismoniy shaxsga (iste’molchiga) tovarlar (ishlar, xizmatlar) sotib olish uchun beriladigan kreditdir.
Iste’mol krediti quyidagi tovarlarni (xizmatlarni) sotib olish uchun berilishi mumkin:
▪️uy xo‘jaligi, kompyuter texnikasi, radioelektronika va elektr jihozlari;
▪️mebel va boshqa maishiy buyumlarni sotib olish;
▪️O‘zbekiston hududida tibbiy-profilaktika muassasalarida, dam olish maskanlarida, dam olish uylarida davolanish uchun putyovka sotib olish;
▪️tantanalar (nikohlar, yubileylar)ni o‘tkazish;
▪️xususiy avtomobillarni ta’mirlash va boshqalar.
Kredit hajmi, muddati, foiz stavkasi, to‘lovlarni amalga oshirish grafigi iste’mol krediti shartnomasida aks ettiriladi.
Kredit olish uchun quyidagi hujjatlar taqdim etiladi:
▪️ kredit ajratish haqida ariza;
▪️ pasport yoki shaxsni tasdiqlovchi boshqa hujjat;
▪️ qarz oluvchining daromadlarini tasdiqlovchi ish joyidan beriladigan ma’lumotnoma yoki qarz oluvchining daromadlari miqdorini tasdiqlovchi boshqa hujjat;
▪️ kreditni qaytarishni ta’minlovchi hujjatlar (masalan, jismoniy yoki yuridik shaxslarning kafolati, mulk yoki qimmatli qog‘ozlar garovi, kredit qaytarilmasligi riskini sug‘urtalash haqidagi sug‘urta polisi).
Izoh qoldirish