Jizzax viloyati ijtimoiy sohasining 2022 yil yanvar-sentyabr holati

Jizzax viloyati ijtimoiy sohasining  2022 yil yanvar-sentyabr holati

2022 yilning yanvar-sentyabr holatiga 1 337 ta maktabgacha ta’lim tashkilotlari (MTT), oilaviy – 1028 ta, xususiy – 13 ta, shundan Jizzax shahri 156 ta (qamrov darajasi 87,4%), oilaviy – 105 ta, xususiy – 11 ta, Sh.Rashidov tumani 196 ta (65,4%), oilaviy – 152 ta, xususiy – 2 ta, G‘allaorol tumani 179 ta (74,9%), oilaviy – 154 ta, Baxmal tumani 151 ta (70,2%), oilaviy – 126 ta, Zomin tumani 144 ta (72,6%), oilaviy – 116 ta va Zarbdor tumani 100 ta (78,6%), oilaviy – 81 tani tashkil etdi.

Davlat va davlat-xususiy sherikchilik asosida tashkil etilgan MTTlar soni 296 tani tashkil etgan bo‘lib, 2016 yilda bu ko‘rsatkich 176 tani tashkil etgan. 2021 yil oxiriga nisbatan o‘sish ko‘rsatkichi 61,3%ni, 2022 yil 3-chorak ko‘rsatkichiga nisbatan 59,5%ni tashkil etdi.

Jizzax viloyatida faoliyat yuritayotgan umumta’lim muassasalari soni 2021/2022 o‘quv yili boshiga 563 tani tashkil etib, 2018 yilga nisbatan 19 taga ko‘paygan.

2022 yilning yanvar-sentyabr holatiga Zomin tumanida 72 ta (+1%, 2021 yilda – 71 ta), Baxmal tumanida 85 ta (+1%, 2021 yilda – 83 ta)ni tashkil etdi.

Kasb-hunar maktabi, kollej va texnikumlar soni 34 (2021 yilda 16 ta) tani, shundan Jizzax shahri 4 ta (1 ta), Sh.Rashidov tumani 4 ta (2 ta), G‘allaorol tumani 5 ta (2 ta), Baxmal tumani 5 ta (2 ta), Zomin tumani 5 ta (1 ta) va Paxtakor tumani 3 ta (1 ta) tani tashkil etdi.

Sport inshootlari soni 2 964 ta, shundan Jizzax shahrida 319 ta, Zomin 433 ta, Baxmal 480 ta va G‘allaorol 455 tani tashkil etdi.

Oliy ta’lim tashkilotlari (oliy harbiy ta’lim tashkilotlaridan tashqari) sonining tahlili ularning 2021/2022 – o‘quv yilida (4 ta) 2020/2021 – o‘quv yiliga nisbatan (3 ta) 1 taga o‘sganini ko‘rsatmoqda. (+21,3%). 2022/2023 yilda 5 tani tashkil etdi.

2022 yilning yanvar-sentyabrda Jizzax viloyatida teatrlar soni 2 tani tashkil etib, Jizzax shahrida joylashgan.

2022 yilning yanvar-sentyabr holatiga, Jizzax viloyatida muzeylar soni 7 ta (6 ta filial)ni tashkil etib, 2016 yilga nisbatan 2 taga ko‘paydi.

2022 yilning yanvar-sentyabr holatiga, Jizzax viloyatida Madaniy meros ob’yektlari soni 427 tani, shundan Jizzax shahri 32 ta, Sh.Rashidov tumani 50 ta, G‘allaorol tumani 71 ta, Baxmal tumani 68 ta, Zomin tumani 109 ta va Forish tumani 34 tani tashkil etdi.

Madaniyat markazlari soni 37 tani, Jizzax shahrida 3 ta, Zomin tumanida 4 ta va G‘allaorol tumanida 4 tani tashkil etdi.

Istirohat bog‘lari va dam olish markazlari soni 9 ta, shundan Jizzax shahrida 3 tani tashkil etdi.

Tibbiyot muassasasi soni 277 ta, shundan Jizzax shahrida 109 ta (shifoxonalar soni – 27 ta, ambulatoriya poliklinika muassasalari soni – 82 ta), Zomin tumanida 28 ta (shifoxonalar soni – 4 ta, ambulatoriya poliklinika muassasalari soni – 24 ta) va Sh.Rashidov tumanida 22 ta (shifoxonalar soni – 3 ta, ambulatoriya poliklinika muassasalari soni – 19 ta).

Vrachlar soni 2464 ta (har 10 ming kishiga – 17 ta), shundan Jizzax shahrida 1181 ta (har 10 ming kishiga – 62 ta), Sh.Rashidov tumanida 243 ta (har 10 ming kishiga – 10 ta) va G‘allaorol tumanida 230 ta (har 10 ming kishiga – 13 ta).

Shifoxona koykalar soni 5597 ta, Jizzax shahrida (2 797 ta), Zomin (469 ta) va Sh.Rashidov (388 ta).

Saibov Farrux
Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi
Jizzax filiali yetakchi ilmiy xodimi
Maqolani ulashing

O'xshash yangiliklar